×

ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!


Grant

MUHLAT

14.07.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

5079 marta

Yaponiyaning Okayama shahri va Okayama ESD mukofotining boshqaruv komiteti “ESD Okayama Award 2023” mukofotiga qabul boshlanganini eʼlon qildi. Mazkur mukofot barqaror rivojlanish uchun taʼlim (Education for Sustainable Development, ESD) sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini butun dunyoga namoyish qilish maqsadida mahalliy jamiyatlardagi eng yaxshi ESD amaliyotlari / loyihalariga beriladi.

Bunda tashkilotlar oʻzlarining ESD loyihalar / amaliyotlari haqidagi taqdimotni mukofot tashkilotchilariga yuborishi kerak boʻladi. Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi mumkin.

Mukofot 2 tagacha loyihaga taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻolib deb topilgan loyihalarning har biriga 3000 AQSH dollari mukofot mablagʻi ajratiladi. Shuningdek, gʻolib tashkilotning 1 nafar vakili 2023-yil 23-noyabrdagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

Talablar:

Mahalliy jamiyatlarda ESD faoliyatini yuritayotgan, ESD mashgʻulotlarini amalga oshirayotgan har qanday tashkilot mazkur mukofot uchun oʻz loyihasini taqdim etishi mumkin. Tashkilotning qaysi davlatda joylashgani ahamiyatsiz.

Rejalashtirish bosqichidagi loyihalar bu tanlovga qabul qilinmaydi.

Ushbu tanlovga taqdim etiladigan loyihalar hozirda davom etayotgan va loyihaning faoliya yuritayotganiga aprel oyi holatiga koʻra kamida 2 yil boʻlgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 14-iyulgacha elektron pochta orqali qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni esdokayamaaward@city.okayama.lg.jp elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi:

  • ESD Okayama Award 2023 ariza shakli, toʻldirilgan holda. Ariza shaklini BU YERDAN yuklab oling. Ariza ingliz yoki yapon tilida toʻldirilishi kerak.
  • Loyiha haqidagi video yoki slayd-shou. Loyiha haqida video yoki slayd-shou tayyorlanib, YouTube yoki Facebook tarmogʻida yuklanishi kerak. Bunda:
    – Video yoki slayd-shou 5 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.
    – Video / slayd-shou elektron pochta orqali yuborilmasligi lozim. U Facebook yoki YouTube tarmogʻiga yuklanib, ariza shaklida video/slayd-shouga havola (link) beriladi.
    – Agar bir nechta video /slayd-shou boʻlsa, faqat bittasini tanlab, oʻshaning havolasini tanlovga topshiring.
    – Agar video yoki slayd-shou qilishga qiynalsangiz, tashkilotchilarga loyihangiz haqidagi rasmlarni email orqali yuborishingiz mumkin (5-10 ta rasm).
  • Qoʻshimcha ixtiyoriy hujjatlar. Qoʻshimcha hujjatlarni topshirish majburiy emas. Lekin loyihangiz uchun foydali deb oʻylagan biror boshqa qoshimcha hujjatingiz boʻlsa, uni ham yuborishingiz mumkin. Qoʻshimcha hujjatlar A4 formatdagi varaqda 5 betdan oshib ketmasligi lozim.

Yuqoridagi hujjatlar esdokayamaaward@city.okayama.lg.jp  elektron manziliga yuborilishi lozim. Elektron pochtaga yuborilgan maʼlumotlar hajmi 8 MB dan katta boʻlmasligi lozim. 8 MB dan katta hajmli maʼlumotlar mavjud elektron pochta xabarlari koʻrib chiqilmaydi.

Emailni yuborishda mavzuga (subject) “ESD Okayama Award 2023 Application” deb yozilishi kerak.

Oʻtgan yillardagi gʻoliblarning ishlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin tanlovning rasmiy eʼloni va yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun kontaktlar:

Tel:+81-(0)86-803-1351

Fax:+81-(0)86-803-1777

E-mail:esdokayamaaward@city.okayama.lg.jp

Masʼul shaxs: Kumano (Ms.), Iwata (Mr.), Komoto (Ms.)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!