×

Esdalik tangalar va suvenir toʻplamlari dizaynlari tanlovi – gʻoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi


Grant

MUHLAT

31.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1295 marta

“Davlat belgisi” DUK tomonidan esdalik tangalar va suvenir toʻplamlari dizaynlari tanlovi eʼlon qilindi. Bu tanlovda tasviriy sanʼat, dizayn, grafika, illustratsiya, reklama va boshqa turdosh sohaga oid bilim va tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

Dizayn konsepsiyasi va tematikasi quyidagilardan iborat:

  • Tarixiy va muqaddas qadamjolar
  • Xalqimizning qadriyatlari, madaniyati va tarixi
  • Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi
  • Buyuk Ipak yoʻli
  • Sport sohasi
  • Tabiat va hayvonot olami
  • Milliy hunarmandchilik
  • Erkin mavzu

Grant kimlar uchun?

Tasviriy sanʼat, dizayn, grafika, illustratsiya, reklama va boshqa turdosh sohaga oid bilim va tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov doirasida jami 15 ta gʻolib tanlab olinadi. Mukofotlar quyidagicha:

  • 1-oʻrin uchun – 20 million soʻm;
  • 2-oʻrin uchun – 15 million soʻm;
  • 3-oʻrin uchun – 10 million soʻm;
  • 4-15 oʻrinlar uchun har biriga 3 million soʻmdan;
  • Tanlovda gʻolib boʻlgan 15 ta loyihalar ichidan mavzuga doir yoʻnalish boʻyicha zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari muallifiga qoʻshimcha bir marotabalik 10 million soʻm miqdorida gonorar toʻlab beriladi.

Mukofot pullari gʻoliblar eʼlon qilingan kundan 7 ish kuni mobaynida muallifning bank plastik kartasiga toʻlab beriladi.

Talablar:

Tanlov shartlari va talablari quyidagicha:

  • Tanlovda tasviriy sanʼat, dizayn, grafika, illustratsiya, reklama va boshqa turdosh sohaga oid bilim va tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.
  • Topshirilgan ishlar tanlov konsepsiyasi va tematikasiga mos boʻlishi lozim.

Eslatma: Tanlovda gʻolib boʻlgan 15 ta loyihalar boʻyicha mualliflik huquqi mukofot puli toʻlangan vaqtdan boshlab “Davlat belgisi” DUK tasarrufiga oʻtgan hisoblanadi.

 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi.

Birinchi bosqich shartlari:

  • Dizayn muallif tomonidan chizilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning avvalgi ishlarini qaytarmasligi kerak.
  • Dizayn doira ichida (logotip koʻrinishida) kompyuter grafikasidan foydalanib (CorelDraw, PhotoShop va Illustrator dasturlari) tayyorlanishi yoki A4 formatli qogʻozga qalam bilan tushirilgan boʻlishi hamda ularda tasvirlangan har bir element aniq koʻrinishi lozim.
  • Dizayn tanga yoki suvenir toʻplamlari avers (old tomoni) va revers (orqa tomoni) koʻrinishlardan hamda ularning qisqacha tavsifidan iborat boʻlishi lozim.
  • Tayyorlangan dizaynlar muallifining ismi, familiyasi, manzili, telefon raqami va elektron pochta manzilini koʻrsatgan holda 2024-yil 31-iyul kuni soat 23:00 ga qadar quyidagi manzillarning biri orqali taqdim etishlari lozim:
    designmint@davlatbelgisi.uz elektron manzili;
    — +998942101218 telegram hisobi;
    — “Davlat belgisi” DUK (100114, Toshkent shahri, Javaharlal Neru koʻchasi, 3-uy).
  • Birinchi bosqichda kelib tushgan barcha dizayn loyihalari “Davlat belgisi” DUKning Ishchi guruhi mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqiladi va eng yaxshi 30 ta dizayn loyihasi saralab olinib, dizayn mualliflari roʻyxati eʼlon qilinadi.

Ikkinchi bosqich shartlari:

  • Birinchi bosqichda tanlab olingan 30 ta loyiha mualliflari “Davlat belgisi” DUK mutaxassislari bilan birgalikda dizaynlarga yakuniy ishlov berib, elektron fayllar EPS, AI, PDF, CDR tahrir qilinadigan raqamli vektor formatlaridan birida shakllantiriladi.
  • Ishchi guruh tanlab olingan 30 ta dizayn loyihalarini Markaziy bankning Komissiyasi muhokamasiga kiritadi.
  • Komissiya taqdim etilgan dizayn loyihalarini 5 ish kuni mobaynida oʻrganib chiqadi va 15 ta gʻolibni tanlab oladi.

Tanlov haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun (55) 503-33-72 yoki (71) 209-03-32 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!