×

Mukofot jamg’armasi 900 yevro bo’lgan fransuz tilidagi insholar tanlovi!


Grant

MUHLAT

15.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3613 marta

Lions Clubs International – 1917-yil AQSHda tuzilgan xalqaro nodavlat notijorat hayriya tashkiloti. 1958-yildan buyon Lions Club de France (Fransiya Lions Clubs International bo’limi) butun dunyodan fransuz tilida gapiradigan yoshlarni CIF – Centres Internationaux Francophones (Xalqaro Frankofon markazalarida) madaniy-tarixiy stajirovkalarini uyushtirib keladi. Bunda ular yoshlar o’rtasida tinchlik, do’stlik, o’zaro hurmat g’oyalarini targ’ib qilishni maqsad qilgan.

Hozirda ushbu tashkilot fransuz tilida yziladigan insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi:

  • Fransuz tili va madaniyatini yoyishning asosiy vositasi bo’lgan frankofoniyani yanada rivojlantirish.
  • Fransuz adabiyoti tomonidan targ’ib qilinadigan insoniy qadriyatlarni, ozodlik, demokratiya, Inson huquqlar va o’zgalarni hurmat qilishni, yanada rivojlantirish.
  • Chet ellik yoshlarning shaxsiy o’sishi va insoniy qadriyatlarini rivojlantirishda ularni ilhomlantiradigan va fransuz tiliga qiziqishlarini yanada kuchaytiradigan loyihalar taklif qilib yoshlarning fransuz tilini o’rganishga ko’proq jalb qilish.

Bu safargi insho mavzusi – “Tinchlik”. Insholar adabiy maktub sifatida “Men senga yozaman…” sarlavhasi ostida yoziladi.

Grant kimlar uchun?

16-18 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o’rin – 400 yevro miqdoridagi pul mukofoti va diplom. Shuningdek, 1-o’rin sovrindori Lions Club International tomonidan Fransiyaning la Baule shahrida tashkillalashtiriladiganXalqaro Frankofon Markazi (Centre International Francophone Culturel de la Baule – CIFC)da bir oylik madaniy stajirovkada qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadi.
  • 2-o’rin – 300 yevro miqdoridagi pul mukofoti va diplom.
  • 3-o’rin – 200 yevro miqdoridagi pul mukofoti va diplom.

Talablar:

Tanlovda fransuz tili ona tili  va rasmiy davlat tili bo’lmagan 16 – 18 yoshli (2019-yil 31-yanvar holatiga ko’ra) fransuz tilini o’rganayotgan barcha yoshlar qatnashishi mumkin. Tanlovda indivudual qatnashiladi.

Matn fransuz tilida, 12 shriftda, 1,5 intervalda, klassik uslublarda – Arial yoki Timesda yozilishi va 2 sahifadan oshmasligi kerak (qog’oz formati 21×29,7 sm).

Hay’at a’zolariga taqdim etilayotgan ishda rasm, illustratsiya va boshqalar bo’lish mumkin emas, faqat yozuvdan iborat bo’lishi kerak.

Fransuz tili o’qituvchilari ushbu tanlovni o’z o’quvchilariga taklif qilishlari mumkin. Ular ishlarni yozishga yordamlashmasdan qatnashchilarning ishlarini qo’llab-quvvatlash majburiyatini oladilar. O’qituvchilar matnlar yuborilishidan oldin xatolarni tekshirib berishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozilgan maktub va ishtirok etish arizasi 2019-yil 15-fevralidan kechikmay jpf@lionsd103w.fr  elektron manziliga ma’sul tashkilotchisiga yuborilishi kerak. Faqatgina to’g’ri to’ldirilgan arizalar qabul qilinadi. Ishtirok etish arizasini tanlov saytidan yuklab olishingiz mumkin.

Tanlov direktori til va adabiyot o’qituvchilari, yozuvchi va boshqa adabiyot va jurnalistika sohasidaga taniqli shaxslar ichidan hay’at a’zolarini tuzadi.

Hay’at a’zolari 15 ta eng yaxshi ishni tanlab olishadi. Bunda ular berilgan mavzu tahlili va til uslubininig sifati, fantaziyasi, originalligi va matning strukturasiga e’tibor qaratishadi. Ko’chirilgan va plagiat ishlar bekor qilinadi.

Tanlangan 15 ish Ouest district (G’arb tumani)ning volontyor klub a’zolari tomonidan ko’rib chiqiladi va o’rinlarga ajratiladi. Har bir klub 3 ta xatga o’z ovozini berishi mumkin (bir klub = bir ovoz). Bunda ovozlar teng bo’lib qolishi mumkin emas. Hay’at a’zolarining qarori apellatsiyada ko’ra chiqilmaydi.

Tanlov natijalari 2019-yil 30-martda bo’lib o’tadigan Lions Clubs district Ouest ning Perros Guirec shahridagi kongressida e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!