×

Estoniya: 1 yillik kurs – kontrkat to’liq qoplanadi, 450 yevro oylik stipendiya, Shengen viza va turar joy ta’minlanadi


Grant

MUHLAT

08.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

7459 marta

Estoniya poytaxti Tallin shahrida joylashgan Estoniya diplomatiya instituti (Estonian School of Diplomacy) xorijiy davlat tashkilotlarida ishlayotganlar hamda o’z davlatida davlat xizmati (civil service) sohasida ishlayotganlar uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur maqsadi – yosh va iqtidorli davlat xizmatchilari hamda diplomatiya vakillarining shaxsiy rivojlanishini iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Grant quyidagi sohalar doirasida ajratiladi:

  • International Relations;
  • European Studies;
  • Diplomatic Studies.

O’qish 1 yil davom etadi va kurni bitirganarga «International Relations and European Integration» diplomi beriladi.

Grant kimlar uchun?

Xorijiy davlat tashkilotlarida ishlayotganlar yoki o'zining davlatida davlat xizmatchisi sifatida ishlayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
  • 450 yevro miqdoridagi oyik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Tallinda turar joy bilan ta’minlanadi (turar joyda internet va boshqa barcha qulayliklar mavjud);
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi;
  • Shengen vizasi va Estoniyadagi rezident ruxsatnomasi olish uchun amaliy yordam ko’rsatadi hamda ular uchun xarajatlarni to’liq qoplaydi.

Eslatma: Nomzod Tallinga borish va o’z vataniga qaytish xarajatlarini o’zi qoplashi lozim.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod grantni qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak.  (O’zbekiston bu davlatlar qatorida bor).
  • Ariza topshirish muhlati tugaguncha bo’lgan vaqtda 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
  • Kamida bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak (magistrlik, PhD yoki doktorlik diplomiga ega bo’lganlar ham topshira oladi).
  • Ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi, yoza olishi kerak.
  • Xorijiy davlat tashkilotlari yoki o’z davlatida davlat xizmati sohasida kamida 1 yillik ish stajiga ega bo’lishi hamda hozirda shu sohalardan birida ishlayotgan bo’lishi kerak.
  • Xalqaro aloqalar sohasiga bo’lgan kuchli qiziqishga ega bo’lishi kerak. Keyinchalik o’z davlatida davlat xizmati sohasida yoki xorijiy davlat vakolatxonalarida ishlashni rejalashtirayotganlarga ushbu grantni qo’lga kiritishda ba’zi imtiyozlar berilishi mumkin.
  • Nomzod mehnatkash, boshqalar bilan ishlay oladigan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Ariza formasi (SHU YERDAN yuklab oling).
  • CV.
  • Personal statement (letter of motivation). Ushbu hujjatda nomzod nega bu dasturga topshirayotgani, o’zining shu sohadagi tajribasi va dasturda o’qish uning kelejagi uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini tushuntirib berishi kerak. Hujjat 1 betdan (300-400 so’z) oshib ketmasligi lozim.
  • Bakalavriatda olingan baholar ro’yxati. Agar nomzod magistratura va PhDni ham bitirgan bo’lsa, ularning ham baholar ro’yxati kerak.
  • Pasport nusxasi hamda 1 dona pasport uchun belgilangan o’lchamdagi nomzod surati. Surat ariza shakliga qo’yiladi.
  • Quyidagi mavzulardan biriga yozilgan akademik insho (insho iqtiboslar bilan hisoblaganda 1300-1500 so’z oralig’ida bo’lishi lozim):
    – My three visions on future US foreign policy;
    – Europe after Brexit;
    – A new international settlement for the Middle East
    – Quo vadis Eastern Partnership?
    – Options for the EU and US politics towards Russia after Crimean annexation.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Yuqoridagi hujjatlar onlayn ariza topshirish tizimi orqali topshiriladi.
  • Ariza 2018-yilning 8-iyuniga qadar topshirilishi lozim. Ariza topshirish bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan Skype orqali suhbat qilinadi.
  • Nomzodlarga grantni qo’lga kiritgan yoki kiritmaganligi haqida 2018-yilning 22-yuniga qadar email orqali xabar beriladi.
  • Grantni qo’lga kiritganlar 2018-yilning 15-16-sentabrida Tallinga o’qish uchun kelishadi.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan Kristina-Maria Ploom’ga kristiinamaria.ploom@edk.edu.ee elektron manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!