×

Estoniya: Siyosat va davlat boshqaruvi sohasida magistratura uchun toʻliq grant; joy – 32ta!


Grant

MUHLAT

15.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

1997 marta

Estoniyada joylashgan University of Tartu tarkibidagi Johan Skytte Institute of Political Studies 2020-21-oʻquv yili uchun siyosiy va boshqaruv sohasidangi fanlar uchun magistratura  bosqichi uchun xalqaro talabalardan grant dasturiga arozalar qabul qilmoqda. Universitet Yevropadagi peshqadam universitetlardan biri hisoblanadi. Dastur ikki yil davom etadi va darslar ingliz tilida olib boriladi. Grant esa taxminan 32 nafar eng a’lochi talabaga beriladi.

Quyidagi yoʻnalishlarda oʻqish taklif etiladi:

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun 2020-21-oʻquv yiliga taxminan 3 800 yevro kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 32 nafar talabaning kontrakt va oʻquv qurollari xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Talaba yashash xarajatlari, tibbiy sugʻurta, turar-joy va safar xarajatlarini oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning yuqoridagi 3ta sohasodan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun kamida IELTS 5,5, TOEFL iBT 75 ball talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerdagi berilgan kurslar sahifasida batafsil koʻrsatilgan

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning yuqoridagi magistratura kursilarida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grantga da’vogar hisoblanadi. Dedlayn 2020-yil 15-martgacha hujjat topshirish maqsadga muvofiq.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Avval shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Kurs sahifasida How to apply boʻlimidan hujjat topshirish tartibini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  3. Tanlangan kurs sahifasining Program details boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  4. How to apply havolasi orqali arizani toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan onlayn ariza.
  • Dasturda ishtirok etishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho.
  • Diplom va uning baholar kitobchasining original rasmiy nusxasi.
  • Diplom va uning baholar kitobchasining ingliz tiliga rasmiy tarjimasi.
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat.
  • Pasportning barcha betlaridan nusxa.

Ariza natijasi haqida 2020-yilning iyun oyida xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: skytte@ut.ee manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!