×

Estoniya: Tallin San’at akademiyasi yozgi maktabi


Grant

MUHLAT

06.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

2555 marta

Estoniyaning Tallin shahrida joylashgan Estoniya San’at Akademiyasining Ochiq Akademiyasi OTM talabalari uchun mo’ljallangan navbatdagi xalqaro yozgi maktabga arizalar qabul qilmoqda. Yozgi maktab davomida turli vizual san’at tatqiqotlari va ijodiy sohalar bo’yicha kurslar olib boriladi.

Yozgi maktab quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kurslar taklif etadi:

  1. Clay 3D Printing (bepul)
  2. FLOODED yozgi maktabi
  3. Shahar muhitida sonlar va idrok (bepul)
  4. Estoniyaning zamonaviy san’at sohasi (bepul)
  5. Yo’g’och va dizayn (bepul)
  6. Koutur anatomiyasi (the anatomy of couture) (bepul)
  7. Ertangi aloqalar dizayni (bepul)
  8. Qisqa fotografiya va rasm tayyorlash kursi
  9. Brendlashning asosiy komponenti sifatida foydalanuvchi tajribasini (UX) ishlab chiqish.

Grant kimlar uchun?

San’at sohasiga qiziqadigan OTM talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabning ba’zi kurslarida bepul o’qish imkoniyati mavjud.

Talablar:

Nomzod hozirda OTM talabasi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi kerak hujjatlar

Topshirilishi lozim hujjatlar yozgi maktabning turli kurslarida turlicha bo’lib, bu kurslar haqida batafsil ma’lumotni rasmiy havola orqali va ariza formalaridan olishingiz mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni

  1. Ariza topshirish uchun onlayn ro’yxatdan o’ting. FLOODED kursi uchun SHU YERGA tashrif buyuring. Ariza topshirishdan oldin sizga onlayn ro’yxatdan o’tganligingizni tasdiqlovchi elektron xat yuboriladi.
  2. Pulli kurslarda qatnashmoqchi bo’lgan nomzodlarga barcha hujjatlar ko’rib chiqilib, ijobiy qaror qabul qilingach invoys (invoice) jo’natiladi.
  3. Kurslar uchun tolov amalga oshirilgach, nomzod kursga yozilgan deb hisoblanadi va unga tasdiqlovchi xat yuboriladi. Bepul kurslarga ariza topshirgan nomzodlarning hujjatlari ko’rib chiqilib munosib topilgan talabalar kursga yozilgan deb hisoblanadilar.
  4. Kursga yozilgach nomzodga elektron pochta yoki pochta orqali taklifnoma jo’natiladi. Pochta uchun ketadigan harajatlar nomzod tomonidan qoplanishi kerak.

Onlayn ro’yxatdan o’tishda CV, Portfolio, motivatsiya xati ilova qilinadi.

Motivatsion xat yozish bo’yicha tavsiyalar:

Yozgi maktab uchun yoziladigan motivatsion xatlarga qat’iy talablar bo’lmasa-da, quyidagi savollarga javob beradigan motivatsion xat yozish tavsiya etiladi:

  1. Bu dasturda nima sababdan qatnashmoqchisiz?
  2. San’atning qaysi sohalarida va qanday vazifalarda faol ishtirok etgansiz?
  3. Ariza topshirayotgan kursingizdan qanday manfaat olishni rejalashtiryapsiz?
  4. Yozgi kurs davomida olgan bilimlaringizdan keyinchalik qanday foydalanmoqchisiz?

Eslatmalar

  • Ba’zi kurslarning qabul qilish mezonlari boshqalarinikidan farq qiladi, shuning uchun sizni qiziqtirayotgan kurslarning talablarini yaxshilab o’qib chiqishingiz tavsiya etiladi.
  • Yotoqxonaga joylashish uchun iloji boricha erta harakat qilishingiz tavsiya etiladi, chunki yotoqxona uchun birinchilardan bo’lib ariza bergan nomzodlar birinchilardan bolib joylashtiriladi.
  • Bepul kurslar uchun hech qanday to’lov amalga oshirilmaydi.
  • Kurslar uchun to’lovni faqatgina bank orqali amalga oshirish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!