×

Estoniyada 5 oygacha tadqiqot uchun 660 yevro stipendiya – yo’l xarajatlari ham qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.10.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

5148 marta

Bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, magistratura, PhD bosqichi talabalari va PhD darajasiga ega (postdoktor) tadqiqotchilarga har yili Estophilus scholarship grantlari taklif etiladi. Grantlar Estoniyada 1-5 oy yashab, Estoniyaga oid tadqiqot ishlari olib borish uchun ajratiladi. Dasturga qabul qilingan talaba yoki tadqiqotchilar estoniyalik ilmiy rahbar bilan birgalikda o’zlari tanlagan, Estoniyaga oid mavzuda tadqiqot olib boradilar. Tadqiqotlar ingliz yoki eston tilida olib borilishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchi kurs talabalari va PhD darajasiga ega tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida ishtirokchilarga oyiga 660 yevro stipendiya ajratiladi va yo’l xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi (Oʻzbekistonlik nomzodlarga yoʻl xarajati uchun 820 yevro beriladi).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak.

  • Bakalavriatning oxirgi bosqichi talabasi, magistratura, doktorantura (PhD) bosqichi talabasi yoki PhD darajasiga ega (psotdoktor) bo’lish kerak.
  • Eston tilini bilish talab etilmaydi, lekin bilish nomzod uchun ijobiy hisoblanadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod tanlagan tadqiqot mavzusi Estoniyaga aloqador bo’lishi zarur.
  • Nomzod ariza topshirishdan avval estoniyalik ilmiy rahbar topishi, u bilan birga tadqiqot olib borishga kelishishi kerak.
  • Ariza topshirish jarayoni nomzodning ilmiy rahbari ham tadqiqot mavzusining muhimligini ko’rsatib berishi talab etiladi.

Shuningdek, nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:

  • Arizaning sifati (maqsad va vazifalarning aniqligi, ish rejasi, ketilayotgan natijalar va h.k.) va mavzuning Estoniyaga diqqat qaratishi.
  • Taklif etilgan tadqiqot rejasi va nomzod mutaxassisligi (yoʻnalishi)ning oʻzaro aloqadorligi.
  • Estoniyaga borib tadqiqot oʻtkazish va nomzodning ilmiy ishi oʻrtasidagi bogʻliqlik hamda uning ahamiyati.
  • Tanlangan oliy taʼlim muassasasi yoki tadqiqot muassasasini (Estoniyadagi) nega tanlanganini qanchalik asoslantirilgani va tasdiq xatidagi vajlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi:

  • Bahorgi qabul – odatda fevral oyida boshlanib, mart oyida yakunlanadi.
  • Kuzgi qabul – odatda sentabr oyida boshlanib, oktabrda yakunlanadi.

Hozirda kuzgi qabul ochiq va arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda to’ldiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza shakli.
  • Tadqiqot rejasi.
  • CV.
  • Nomzodning bakalavriatda bitiruvchi kurs talabasi ekanligi yoki magistratura, PhD bosiqchi talabsi ekani yoxud PhD darajasiga ega ekanligini isbotlovchi hujjat.
  • Estoniyalik ilmiy rahbarning nomzod bilan ishlashga rozi va tayyor ekanligi hamda tadqiqotning muhimligi to’g’risidagi xati.

Barcha hujjatlar tayyorlanib, rvo.dokumendid@harno.ee elektron pochta manziliga yuborilishi kerak. Hujjatlar yuboriladigan elektron xabar mavzusiga “Estophilus stipendium (EKKAV)” deb yozilishi kerak.

Savollar yuzasidan ushbu dastur uchun masʼul xodimga quyidagi kontaktlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +372 730 0605
Email: joosep.heinsalu@harno.ee

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!