×

Estophilus scholarship: Bakalavr, magistrant, doktorant va va postdoktor tadqiqotchilar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan tadqiqot dasturi!


Grant

MUHLAT

02.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

1801 marta

Estophilus scholarship – Estoniya Taʼlim va tadqiqot vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan, eston tili va madaniyatini oʻrganish hamda tadqiq qilishga qiziquvchi xorijlik bakalavr (faqat oxirgi kurslar), magistrant, doktorant va posdoktor tadqiqotchilarga Estoniyada 1 oydan 5 oygacha eston tili va madaniyati haqida izlanish olib borish imkonini beruvchi grant dasturidir.

Mazkur dastur boʻyicha bakalavrlar 1 oydan 2 oygacha, qolgan bosqich talaba/tadqiqotchilari 1 oydan 5 oygacha Estoniyada til va madaniyat haqida izlanish olib borishi mumkin. Tadqiqot davomida ishtirokchilar eston tili va madaniyatini oʻrganadi, oʻz tadqiqot rejasi uchun materiallar toʻplaydi.

Dasturga bir yilda 2 marta – bahorda va kuzda arizalar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistrant, doktorant va postdoktor tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Oyiga 500 yevro stipendiya toʻlanadi.
  • Ishtirokchining Estoniyaga borishi va qaytishi uchun 180 yevrodan 1100 yevrogacha mablagʻ ajratiladi. Mablagʻ miqdori ishtirokchining davlatidan Estoniyagacha boʻlgan masofa asosida belgilanadi.

Talablar:

Nozmod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Estoniyadan boshqa davlat fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Bakalavriatning oxirgi kursi talabasi yoki magistrant yoki PhD bosqichi talabasi yoxud postdoktor tadqiqotchisi boʻlishi kerak.
  • Eston tilini bilish shart emas, lekin bilgan nomzodlarga tanlanishda ustunlik berilishi mumkin. Shuningdek, nomzod Estoniyada tadqiqot olib borish uchun ingliz yoki eston tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza va kerakli hujjatlar onlayn tarzda 2021-yilning 2-mayiga qadar topshirilishi lozim. Barcha kerakli hujjatlar onlayn tizimdagi ariza shakliga yuklanadi. Ariza topshirishni boshlash uchun dastlab onlayn tizimga kirib, roʻyxatdan oʻtish kerak (Register). Ariza va hujjatlar ingliz yoki eston tilida boʻlishi lozim.

Onlayn tizimda quyidagi hujjatlar toʻldirilishi / topshirilishi lozim:

  • Rasmiy ariza shakli (tizimga kirganda toʻldiriladi).
  • Tadqiqot rejasi.
  • CV.
  • Nomzodning oxirgi kursdagi bakalavr talabasi yoki magistrant yoki PhD bosqichi talabasi ekani yoxud PhD darajasiga ega ekanini isbotlovchi hujjat.
  • Estoniyalik ilmiy rahbar (supervisor)ning tadqiqot davomida nomzodga ilmiy rahbarlik qilishga roziligi va bunga tayyorligi haqidagi tasdiq xati. Estoniyalik mezbon muassasa / ilmiy rahbar tadqiqot mavzusini qisqa tasvirlab berishi va Estoniya uchun bu mavzuning ahamiyatini tushuntirishi lozim. Ilmiy rahbar / mezbon muassasa topish uchun nomzodning oʻzi masʼuldir.

Ariza topshirish jarayonini boshlashdan oldin grantning rasmiy saytdagi eʼloni va yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontraktga murojaat qilishingiz mumkin: Tiiu Tuisk, Tiiu.Tuisk@harno.ee.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!