×

ETH Robotics Student Fellowship: Talabalar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

4204 marta

Shveytsariyda joylashgan ETH Zurich tadqiqot universiteti ETH RobotX tashabbusi doirasida robototexnika va shunga yaqin sohalarda (elektrotexnika, mashinasozlik kabi) tahsil oluvchi magistratura va bakalavriat talabalariga ETH Robotics Student Fellowship tadqiqot (amaliyot) dasturini taklif etadi. Dastur 2 asosiy qismdan iborat: dastlab 1 haftalik yozgi maktab tashkillashtiriladi, soʻng ishtirokchilar tegishli laboratoriyalardan birida tadqiqot olib boradi.

Shuningdek, ishtirokchilar turli ijtimoiy tadbbirlarda qatnashadi hamda boshqa tadqiqot guruhlari ishtirokchilari, shu universitetning talabalari bilan muloqot qilish  va fikr almashish imkoniga ega boʻladi.

Tadqiqot olib borish mumkin boʻlgan mavjud laboratoriyalar (sohalar) quyidagilardan iborat:

Ushbu tadqiqot dasturi 2024-yil 3-iyuldan 31-avgustgacha (2 oy) davom etadi hamda ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura talabalari va bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Ishtirokchilarga butun dastur davomida turar joy va yashash xarajatlari uchun 4000 CHF (taxminan 4584 AQSH dollari) stipendiya beriladi.
  • Safar va viza xarajatlari qoplanadi. Ishtirokchilar dastlab aviachiptalarni oʻzlari sotib oladi va yetib borgach, dastur boshlanishidan oldin xarid cheklarini taqdim qilish orqali safar xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ oladi.
  • Ishtirokchilar turar joy bilan taʼminlanadi. Turar joy haqi stipendiyadan chegirib qolinadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod robototexnika va shunga yaqin sohalarda (elektrotexnika, mashinasozlik kabi) magistratura bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi kerak. Shuningdek, nufuzli universitetda oʻqiydigan hamda akademik oʻzlashtirishi aʼlo boʻlgan bakalavriatning oxirgi kurs talabalari ham ariza topshirishi mumkin (ular ham yuqorida qayd etilgan sohalar boʻyicha oʻqiyotgan boʻlishi kerak).
  • Nomzod universitetni 2025-yil yanvarida yoki undan keyin bitirishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim. Til bilish sertifikatini (IELTS, TOEFL va hk.) topshirish talab etilmaydi. Nomzodning til bilish darajasi intervyu davomida tekshiriladi.
  • 2024-yil 3-iyuldan 31-avgustgacha Shveytsariyadagi ushbu dasturda qatnasha olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 1-mart, soat tonggi 03:59 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

  1. Dastlab, mavjud laboratoriyalar, ularda tadqiqot olib boruvchi xodimlar va ularning tadqiqot sohalari bilan tanishib chiqing. Ariza topshirish jarayonida 3 tagacha laboratoriya tanlash soʻraladi va ularni ustuvorlik tartibida tanlash kerak (eng birinchida oʻzingizga eng yoqqanini koʻrsatasiz). Laboratoriyadagi xodimlar bilan bevosita bogʻlanmaslik kerak.
  2. Barcha kerakli hujjatlarni tayyorlab oling. Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar soʻraladi:
    – CV (Europass formatida boʻlishi kerak).
    – Universitetda hozirgacha olgan baholaringiz.
    – Motivatsiya xati (maksimal 1 bet). Bunda tanlagan tadqiqot sohangizni nega tanlaganingizni ifodalab berasiz; ETHga ushbu dastur uchun borish orqali nimalarga erishishni oʻylayotganingiz va bu qanday qilib sizni akadmeik karyerada qoʻllab-quvvatlashi hamda tadqiqotdagi karyeraga tayyorlashini tushuntirasiz. Yaxshi motivatsiya xati A4 formatdagi varaqda hisoblaganda yarim betda yozilishi mumkin va motivatsiya xati 1 betdan oshib ketmasligui kerak. Xatni oʻqishga qulay qiib yozing.
    – 2 nafar akademik tavsiya beruvchi shaxsning maʼlumotlari. Bunda tavsiya beruvchining quyidagi maʼlumotlarini ariza shakliga kiritishingiz kerak: i) Ism-familiyasi, ii) Unvoni, iii) Lavozimi, iv) Veb-sayt/Google Scholar, v) Universitet/Kompaniya vi) Elektron pochta manzili. Quyidagilar akademik tavsiya beruvchi sifatida qabul qilinadi:
    – Magistrlik / bakalavrlik diplom ishi (dissertatsiyasi)dagi ilmiy rahbar
    – Magistratura/Bakalavriatdagi tyutor (oʻqituvchi)
    – Magistratura/bakalavriat dasturi koordinatori
    – Siz oʻqigan loyihaga asoslangan kursga masʼul boʻlgan professor
    – Maʼlummotlari kiritilgan tavsiya beruvchilarning tavsiyanomalari (har biri bittadan). Tavsiyanoma robotics-​student-fellowship@ethz.ch elektron manziliga yuborilishi kerak. Tavsiyanoma yuborilganda email mavzusiga (Subject) quyidagicha yozish kerak:  {talaba ismi}-{talaba familiyasi}-​reference-letter-{tavsiya beruvchi familiyasi}. Tavsiya beruchilar tegishli tavsiyanoma shaklini yulab olishi va tavsiyanomani shunga yozishi kerak.  Soʻng uni printerdan chiqarib, imzolab, skanerlab joʻnatishi kerak. Tavsiyanomalar qabul muddati tugashidan oldin yuborilishi lozim.
  3. SiROP tizimida roʻyxatdan oʻtiladi. Tizimda roʻyxatdan oʻtigach, oʻz universitetingiz bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taklif etiladi, lekin bu majburiy emas.
  4. Shundan keyin BU YERGA kirib, “Apply now” tugmasi bosiladi va ariza topshiriladi.

Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

MUHIM: Ariza topshiirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan robotics-student-fellowship@ethz.ch elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!