×

ETH Student Summer Research Fellowship: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2852 marta

Shvaeytsariyada joylashgan ETH Zurich universitetining Kompyuter fanlari (Computer Science) fakulteti butun dunyodagi bakalavriat va magistratura talabalariga Student Summer Research Fellowship (ETH SSRF) 2 oylik yozgi amaliyot (tadqiqot) dasturini taklif etadi. Amaliyot dasturi 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar kompyuter fanlariga oid tanlangan tadqiqot sohasi boʻyicha tadqiqot guruhi bilan birga ish olib boradi. Shuningdek, oʻz tadqiqot guruhidan boshqa guruhlardagi kishilar, jumladan, ETH Zurich universitetidagi bakalavriat va aspirantura talabalari bilan tanishish va muloqot qilish uchun turli ijtimoiy tadbirlar ham tashkillashtiradi. Bosh vaqtda qatnashchilar shahrdagi rang-barang madaniyatni kash qilishi va Shveytsariyadagi togʻli manzalardan bahramand boʻlishi mumkin.

2022-yilgi dasturda nomzodlar quyidagi sohalardan birida tadqiqot olib borishi mumkin:

Tadqiqot dasturi ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura taabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar va yordam bilan taʼminlanadi:

  • Oyiga 1750 CHF (taxminan 1913 AQSH dollari) stipendiya beriladi.
  • Viza va safar xarajatlari qoplanadi. Ishtirokchilar dasturda qatnashish uchun borganda safar xarajatlari miqdorini tasdiqlovchi cheklarni taqdim etish orqali safar xarajatlarini uchun mablagʻni olishi mumkin.
  • Turar joy tashkillashtiriladi. Turar joy haqi oylik stipendiyadan ayirib qolinadi.
  • Viza olish masalalari boʻyicha maʼlumot va maslahatlar bilan taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan mamlakat fuqarolari ushbu dasturga ariza topshira oladi.
  • Nomzod kompyuter fanlari yoki yoki unga yaqindan aloqador biror soha (masalan, elektrotexnika, matematika, fizika va h.k.) boʻyicha bakalavriat bosqichi, magistratura bosqichi yoki shu bosqichlarga ekvivalent taʼlim bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
  • Talaba oʻqishni (bakalavriat yoki magistratura bosqichi) amaliyot tugaganidan keyingi yil yoki undan keyinroq tamomlashi kerak. Masalan, amaliyot 2022-yil 31-avgustda tugaydi. Shunda talaba (bakalavr yoki magistr) oʻqishni 2023-yil yoki undan keyin tamomlashi kerak.
  • Dasturning boshlanish vaqtida (2022-yil 1-iyulda) kamida 2 yillik oliy taʼlimni tamomlagan boʻlish kerak (magistratura talabalari bakalavriatni tamomlagan boʻladi va avtomatik tarzda bu shartga mosdir).
  • 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha ETH Zurich universitetiga borib, amaliyotda ishtirok eta olish kerak.
  • Ishtirokchilar dasturning boshlanishida tasdiqlangan vaksina bilan COVID-19 ga qarshi emlanganlik haqida yaroqli sertifikat yoki COVID-19 yuqtirib olib, tuzalganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.
  • Ariza topshirishda ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi. Biroq nomzodlar ingliz tilini tadqiqot olib borish uchun yetarli darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 15-dekabrga qadar onlayn tarzda topshiriladi.

Ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1.  Avvalo, harakatni mezbon laboratoriyalarning ilmiy xodimlari va tadqiqot mavzulari (sohalari) bilan tanishishdan boshlang. Ariza topshirayotganingizda 1 yoki 2 ta tadqiqot sohasi tanlash soʻraladi. Bevosita ilmiy xodimlarga murojaat qilmang.
  2.  Sirop tizimi orqali ariza topshiring. Ariza topshirishda shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritish va quyidagi hujjatlarni yuklash soʻrladi:
    • CV: Europass formatida boʻlishi kerak.
    • Universitetingizdagi baholaringiz. Oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi (GPA) ham koʻrsatilishi kerak.
    • Motivatsiya xati / shaxsiy bayon (maksimal 1 bet). Tanlagan tadqiqot sahongizni nega tanlaganingizni oʻz soʻzlaringiz bilan ifodalab bering. ETHga kelish orqali nimaga erishishga umid qilayotganingiz hamda bu akademik yoki kasbiy maqsadlaringizni qay tarzda qoʻllab-quvvatlashi va qay tarzda sizni tadqiqot sohasidagi karyerag atayyorlashini tushuntirib bering. Yaxshi shaxsiy bayonot / motivatsiya xatini yarim bet qilib yozish mumkin va u A4 formatida 1 betdan oshib ketmasligi lozim.

Faqatgina Sirop tizimi orqali topshirilgan toʻliq arizalar koʻrib chiqiladi. Saralashning oxirgi bosqichi sifatida qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar bilan intervyu qilinishi ham mumkin.

Qabul natijalari email orqali 2022-yil fevral oyigacha maʼlum qilinadi.

MUHIM: Ariza toshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan ssr_fellowship@inf.ethz.ch elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!