×

Geosiyosiy globallashgan dunyoda Yevroosiyo: Qirgʻizistonda barcha xarajatlari qoplanuvchi 3 kunlik seminar!


Grant

MUHLAT

05.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2521 marta

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi “Eurasia in a Geopolitical Globalised World” (Geosiyosiy globallashgan dunyoda Yevrosiya) mavzusida 3 kunlik seminar tashkillashtirmoqda.

Seminar mashgʻulotlari 2024-yilning 25-27-iyul kunlari Bishkek shahrida oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Semina haqida qisqacha

Yevroosiyoda qanday turdagi xalqaro tizim mavjudligi har doim muhokamalar markazida boʻlgan. Bu seminar maqsadi – ishtirokchilarga globallashuv va geosiyosat orasidagi keskinlik sharoitida xalqaro tartibni tushunishga yordam berishdir. Seminarda bu keskinlik yanada aniqroq boʻlishi mumkin boʻlgan turli masalalar va qiyinchiliklarni oʻrganishga eʼtibor qaratiladi. Bunday masala va qiyinchiliklar iqlim oʻzgarishi, energiya xavfsizligi, oziq-ovqat, suv va chegralar boshqaruvi kabilarni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, ishtirokchilar tezkorlik bilan oʻzgarib borayotgan xalqaro tizimni tushunishning turli usullarini ham tadqiq qiladi. Buning uchun Yevroosiyodagi, xususiyan, Markaziy Osiyodagi bir qator holatlar, shuningdek, bir nechta mavzular koʻrib chiqiladi.

Koʻrib chiqiladigan mavzular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

1) Geopolitics of Energy and the Environment in a globalised geopolitical world
2) Geopolitics of Democracy and Human Rights in a globalised geopolitical world
3) The Geopolitics of Water
4) Geopolitics and Security Governance in a globalised geopolitical world
5) Regional integration and geopolitics
6) The Geopolitics of borders in a globalised geopolitical world

Seminar mavzulari va maqsadi haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Ijtimoiy fanlar va ularga aloqador sohalarda bakalavriat yoki magistratura darajasiga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Seminarga qabul qiliinganlar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirok etish bepul.
  • Qirgʻizistonga borish va kelish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari ham tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi boʻlishi lozim. Shuningdek, hozirda Qirgʻizistonda boʻlgan Afgʻoniston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari ham ariza topshirishi mumkin.
  • Ijtimoiy fanlar yoki ularga aloqador sohalarda bakalavrlik yoki magistrlik darajasiga ega boʻlish lozim.
  • Xalqari tashkilot, xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti yoki hukumat va jamoatchilik muassasalarida faoliyat yuritadigan kichik yoki oʻrta darajali mutaxassislar, shuningdek, tadqiqotchi, faol va ekspertlar ariza topshira oladi.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 5-iyungacha qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni (ingliz tilida) bitta PDF faylga birlashtirib (bunda fayl 4 betdan oshib ketmasligi kerak), Mr/Ms_Ism_Familiya_GGW nom bilan saqlab training@osce-academy.net email manziliga yuborishi kerak:

  • 2 sahifadan oshmaydigan CV;
  • Maksimal 500 soʻzli motivatsiya xati.

Tashkilotchilar faqat qabul qilingan nomzodlar bilan bogʻlanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!