×

European Forum Alpbach 2022: 18-30 yoshli talabalar va mutaxassislar uchun Avstriyadagi 2 haftalik forum uchun grant!


Grant

MUHLAT

01.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

3625 marta

Alpbax Yervopa forumi (European Forum Alpbach, EFA) Yevropani  har jihatdan rivojlantirishga hissa qoʻshish maqsadida har yili oʻtkaziladigan forum boʻlib, Yevropa va dunyoning boshqa davlatlaridan boʻlgan talabalar, yoshlar, yetakchi olimlar, olimlar, faylasuflar, siyosatchilar, biznes vakillar va fuqarolik jamiyati vakillarini bir yerga toʻplaydi. Alpbax Yevropa forumi har yili tashkillashtiriladi va hozirda 2022-yil oʻtkaziladigan ushbu forumga arizalar qabul qilinmoqda.

Forum ilmiy va ijodiy seminarlar, yuqori darajadagi konferensiya dasturi, turli ijtimoiy va madaniy tadbirlardan iborat. Har yili mazkur forumda qatnashishlari uchun butun dunyodan boʻlgan yuzlab iqtidorli nomzodlarga grant ajratiladi.

Bu yilgi forum 2022-yil 21-avgustdan 2-sentabrgacha (2 hafta davomida) boʻlib oʻtadi (Avstriyaning Alpbax shahrida). Grantni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar 2 semnarni tanlashi va har birida 1 haftadan ishtirok etishi mumkin.

Grant sohiblari 2022-yil 20-avgustda Alpbaxga yetib borishi kerak.

Forum mashgʻulotlari ingliz tilida boʻlib oʻtadi va forumga ariza berish bepul.

O’zbekiston vaqti bilan 2022-yil 24-mart, soat 16:00 da forum boʻyicha savol-javoblar uchun vebinar tashkil etiladi. Ushbu vebinarda qatnashmoqchi boʻlganlar BU YERDA vebinar uchun roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli talabalar va mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumga qatnashish uchun grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:

  • Forumga qatnashish haqi qoplanadi.
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi.
  • Oziq-ovqat xarajatlari uchun kunlik mablagʻ ajratiladi.

Grant borish-kelish xarajatlarini qoplashni nazarda tutmaydi va bu xarajatlar grant sohiblari tomonidan qoplanishi kerak.

Talablar:

Grant uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Barcha davlat fuqarolari ariza berishi mumkin.
  • Nomzodlar 2022-yil 21-avgust kunida yoki undan ertaroq 18 yoshga kirishi/kirgan boʻlishi hamda 2022-yil 2-sentabr kuniga koʻra, 30 yoshdan oshmasligi kerak (agar 2022-yil 2-sentabrda yoki undan keyin 30 ga kirsa, ariza berish mumkin; 2-sentabrdan oldin 30 ga kirsa/kirgan boʻlsa, atriza bera olmaydi).
  • Grantga ariza berish uchun nomzod Alpbax Yevropa forumining oflayn konferensiyalarida grant sohibi sifatida qatnashmagan boʻlishi kerak (onlayn tarzda qatnashganlar ariza bera oladi).
  • Ingliz tilini kamida B2 darajada (IELTS 5.5, TOEFL 72 va hk) bilishni tasdiqlovchi sertifikat yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni taqdim etish lozim. Qanday hujjat va sertifikatlar qabul qilinishini BU YERDA batafsil koʻrishingiz mumkin (ENGLISH PROFICIENCY).
  • Barcha soha talabalari va mutaxassislari ariza berishi mumkin.
  • 2022-yil 20-avgustdan 2-sentabrgacha Alpbaxda boʻlish lozim.
  • Ijtimoiy faol, qiziquvchan boʻlish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 1-aprel, soat tong sahar 02:39 gacha qabul qilinadi. Arizalarni onlayn tarzda BU YERDA topshirish kerak.

Ariza shaklini toʻldirishda quyidagi maʼlumot hujjatlar talab etiladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Ingliz tilini kamida B2 daraja bilishni tasqidlovchi sertifikat/hujjat (IELTS 5.5, TOEFL 72 va hk).
  • Nomzod o’qigan eng oxirgi bitirgan ta’lim muassasasida olingan diplom va baholar. Bu hujjatlar ingliz, fransuz yoki nemis tilida boʻlishi yoki shu tillarga tarjimasi bilan birga topshirilishi kerak.
  • CV mʼlumotlati.
  • Motivatsiya xati. Motivatsiya xati 4500 belgidan oshmasligi va unda quyidagi savollarga javob berilishi kerak
    – In terms of topics, ideas and knowledge, what will I contribute to one or more of the tracks of the European Forum Alpbach 2022 (Democracy & the Rule of Law, Securing our Future, The Climate Opportunity, The Financing of Europe’s Future)?
    – How would you describe yourself – thinker, dreamer, influencer, changemaker … – or else? Elaborate.
    – Which qualities and skills would you like to develop, and how can the European Forum Alpbach contribute to that?
    + What societal changes – in your community, or beyond – would you like to witness in the future, what opportunities for civil society to initiate these do you see, and how do you think you might be able to contribute?

MUHIM: Arizani bir qismini toʻldirib, qolganini keyinchalik davom ettirish uchun saqlab qoʻyib boʻlmaydi. Shu sababli, motivatsiya xati va boshqa kerakli hujjatlarni oldindan tayyorlab oling. Shuningdek, motivatsiya xatiga ismingiz yoki jinsingiz kabi shaxsiy maʼlumotlarni kiritmang.

Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan scholarships@alpbach.org elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!