×

EuroPubHealth: sog’liqni saqlash yo’nalishida Erasmus Mundus magistratura dasturi va to’liq grant, Yevropa bo’ylab 3 tagacha davlatda o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

11.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

5151 marta

Nufuzli Erasmus Mundus magistratura dasturlaridan biri – EuroPubHealth+ magistrlik dasturi va bu dasturga toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Erasmus Mundus excellence scholarships stipendiyalariga arizalar qabul qilinmoqda. Sog’liqni saqlash yo’nalishidagi ushbu magistratura kursi Buyuk Britaniya, Ispaniya, Irlandiya, Belgiya, Fransiya, Polsha va Gollandiyada joylashgan universitetlar hamkorligida tashkil qilingan. Dasturga qabul qilingan talabalar 2 yillik magistratura kursini hamkor davlatlardan kamida 2, ko’pi bilan 3 tasida o’qishi kerak bo’ladi. Oʻqish 2022-yil kuzda boshlanadi.

O’qish talabaning taloviga ko’ra, ingliz, ispan yoki fransuz tillarida bo’ladi. 

Eslatma: talaba birinchi va ikkinchi kursda boshqa-boshqa davlatlarda o’qishi shart, shuning uchun birinchi kursga ariza berish vaqtida ikkinchi kursda qayerda o’qishni reja qilsangiz, o’sha davlatdan boshqa davlatdagi universitet tanlanishi kerak. 

Qanday diplom beriladi?

EuroPubHealth+ kursini tamomlagan talabalarga “double degree”, ya’ni, qo’shma diplom beriladi. Bu ma’lumotlar rasmiy saytda bu sahifada ko’rsatilgan.

Ushbu magistrlik dasturi davomida oʻqitiladigan kurslar BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Erasmus Mundus Excellence Scholarship granti miqdori talaba qaysi davlatdan ekaniga qarab farq qiladi. Grant ajratish quyidagi 2 kategoriya asosida amalga oshiriladi:

  • Dastur davlatlaridan (program countries) boʻlgan fuqarolar uchun grant. Bunday davlatlarga Yevropa Ittifoqi tarkibidagi 27 ta davlat hamda Birlashgan Qirollik, Makedoniya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Turkiya va Serbiya kiradi.
  • Hamkor davlatlardan (partner countries) boʻlgan fuqarolar uchun grnt. Bunday davlatlarga yuqorida sanalgan davlatlardan boshqa barcha mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham kiradi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Erasmus Mundus Excellence Scholarship grantini yutib olgan Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi iqtisodiy imtiyozga ega boʻladi:

  • Kontrakt toʻliq qoplanadi.
  • Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro beriladi.
  • Oyiga 1000 yevro stipendiya beriladi.
  • Dastur boshlanishida joylashib olish xarajatlari uchun bir marta 1000 yevro beriladi.

Talablar:

Magistrlik dasturi va grantga ariza topshira olish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak. Hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotganlar ham ariza topshira oladi, bunda magistratura oʻqishi boshlanguniga qadar bakalavrlik diplomi taqdim etish kerak boʻladi. Bakalavrlik diplomi istalgan sohada boʻlishi mumkin (aynan tibbiyot sohasida boʻlishi shart emas).
  • O’zi tanlagan universitetlarda darslar qaysi tillarda o’qitilsa, shu tillarni yaxshi bilishi kerak. Tanlangan universitetga qarab, darslar quyidagi tillarda boʻladi:
    1) faqat ingliz tilida
    2) ingliz va ispan tilida
    3) ingliz va fransuz tilida
    4) ispan, ingliz va fransuz tilida
    Bunda nomzod oʻzi biladigan til yoki tillardan kelib chiqib universitet tanlay oladi. Nomzod qaysi til yoki tillarda oʻqishni tanlagan boʻlsa, shu til yoki tillarni yetarli darajada bilishini isbotlovchi til sertifikati topshiirish lozim boʻladi. Odatda taʼlim tilini kamida B2 daraja bilish talab etiladi. Til darajasi va til sertifikatlarining minimal ballariga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA tanishing (Language requirements for 2023 intake).
  • Belgilangan hujjat topshirish muhlatiga (2023-yil, 11-yanvar) qadar ariza va hujjatlarni toʻliq topshirish lozim.
  • Ariza topshirishda nomzod oʻz davlatiga qarab, kerakli kategoriyani tanlashi kerak (Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlatlari “Partner countries (hamkor davlatlar)” kategoriyasida kiradi).
  • Hamkor davlatlar kategoriyasiga kirdigan mamlakat fuqarolari dastur davlatlari (Program countries)dan birida oxirgi 5 yil davomida jami boʻlib 12 oydan koʻp muddat davomida yashamagan yoki asosiy faoliyatini (oʻqish, malaka oshirish yoki ish) amalga oshirmagan boʻlishi kerak. Oxirgi 5 yillik muddat 2023-yil yanvar oyidan orqaga qarab hisoblanadi.
  • Nomzod qaysi davlatda yashashini tasdqilovchi hujjatlardan birini topshirishi lozim. Bunday hujjatlarga nimalar kirishi va Oʻzbekistonlik talabaning topshirgan hujjati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
  • Oldin magistratura yoki doktoranturada oʻqish uchun Erasmus Mundus grantini yutib olgan va shu grant asosida magistrlik / doktorlik darajasini qoʻlga kiritganlar Erasmus Mundus Excellence Scholarships dasturiga ariza topshira olmaydi.
  • Agar topshirilgan hujjatlarda yolgʻon, qalbaki yoki soxta maʼlumotlar / hujjatlar aniqlansa, talaba oʻziga toʻlangan  grant summasini qaytarib berishi lozim boʻladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalar 2022-yil 13-oktabrdan 2023-yil 11-yanvargacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish onlayn shaklda, maxsus platformada amalga oshiriladi. Onlayn ariza shaklida kerakli boʻlimlarni toʻlldirishdan tashqari, quyidagi hujjatlarni ham yuklash lozim:

  • CV (Europass formatida).
  • Motivatsiya xati (ingliz tilida, maksimal 600 soʻz).
  • Pasport yoki ID karta nusxasi.
  • Universitetda olingan baholar.
  • Tilni bilish darajasini isbotlovchi sertifikat (oʻqish tiliga qaran, ingliz, ispan yoki fransuz tili).
  • Nomzod qaysi davlatda yashashini tasdqilovchi hujjat.
  • Universitetda olingan ilmiy daraja diplom(lar)i (bakalavrlik, magistrlik va hk diplomlar). Bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotgan talabalar diplom topshirmaydi.

Ariza toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi, hujjatlar ham ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar ingliz tilidagi rasmiy tarjimasi bilan birga topshirilishi lozim.

Shuningdek Liege universitetini (Belgiya) tanlaganlar yuqoridagilarga qoʻshimcha 2 ta hujjat ham topshiradi. Barcha hujjatlar haqidagi toʻliq maʼlumotni BU YERDAN topasiz (Documents to submit at application stage).

MUHIM: Onlayn platformada roʻyxatdan oʻtish, arizani toʻldirish va hujjatlarni topshirish boʻyicha ushbu yoʻriqnomani (Instructions for 2023 applicants; 13-oktabrda yangilanadi) oʻqib chiqish lozim. Yoʻriqnomani oʻqib chiqmasdan turib hujjat topshrishga kirishmang!

Hujjatlar BU YERDA topshiriladi.

Erasmus Mundus toʻliq grantlaridan birini yutib olgan Oʻzbekistonlik talabaning motivatsiya inshosini BU YERDA oʻqing (obuna boʻlish talab etiladi).

Erasmus Mundus grantlaridan birini yutib olgan yana bir Oʻzbekistonlik talabaning hujjatlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (obuna boʻlish talab etilmaydi)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!