×

EUROSUD Erasmus Mundus: magistratura kursini Yevropa bo’ylab turli davlatlarda o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

14.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

4833 marta

Nufuzli Erasmus Mundus qo’shma magistratura dasturlaridan biri – South European Studies (EUROSUD) magistratura kurslari va shu kurslar uchun ajratilgan to’liq grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. 

EUROSUD dasturi Yevropa mintaqasining Janubiy hududini o’rganishga qaratilgan, Yevropaning 6 universiteti hamkorligida tashkil qilingan xalqaro magistratura kursi hisoblanadi. Kurs 24 oy davom etadi hamda bitiruvchilarga University of Glasgow va talaba tanlagan yana bir universitet tomonidan qo’shma International Master (IntM) diplomi beriladi. O’qish davomida talaba dastur tarkibidagi 6 universitetning uchtasida o’qiydi. Bu talabaga Yevropaning turli hududlaridagi universitetlarda o’qish va turli davlatlarda bo’lish imkonini beradi. Dasturga qabul qilingan talabalar 2 yillik magistratura kursi davomida quyidagi universitetlardan 2 yoki 3 tasida o’qiydi:

  • University of Glasgow (Buyuk Britaniya)
  • Universidad Autónoma de Madrid (Ispaniya)
  • Aix-Marseille Université (Fransiya)
  • National and Kapodistrian University of Athens (Gretsiya)
  • LUISS Guido Carli Rome (Italiya)
  • Instituto de Ciências Sociais da Universidade de Lisboa (Portugaliya).

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Magistratura kursi kontrakt to’lovi yiliga 15,461 yevroni tashkil qiladi. Kurs ikki yil davom etadi. Grant yutgan talabalarga katta moliyaviy ta’minot ajratiladi:

  • Talaba kontrakt to’lovidan ozod etiladi.
  • Sug’urta va aviachipta xarajatlari qoplab beriladi.
  • Talabaga magistratura kursi yakuniga yetguniga qadar har oy 1000 yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

  • O’zbekistonliklar bu dastur uchun “Partner Countries” ariza beruvchisi sifatida hujjat topshirishadi. Ammo, agar Yevropa Ittifoqi yoki dasturga to’g’ridan-to’g’ri hamkor hisoblangan davlatda oxirgi 12 yoki undan uzoq muddat davomida yashagan o’zbekistonliklar “Partner Countries” ariza beruvchisi hisoblanadi.
  • Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod EUROSUD magistratura kursiga qabul uchun belgilangan barcha talablarga mos bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Quyidagi test natijalari (sertifikatlari) qabul qilinadi: IELTS 6,5 (barcha qismlari 6,0+ bo’lishi kerak), TOEFL IBT 90 (Reading 20, Writing 23, Speaking va Listening 19 balldan past bo’lmasligi kerak) va boshqalar.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga va magistratura kursiga bitta ariza topshiriladi. Arizani bu yerda 14-yanvargacha yuborish mumkin. Kerakli hujjatlar:

  • Diplom(lar) 
  • Baholar
  • Ingliz tili testi sertifikati
  • Ikkita tavsiyanoma*
  • CV
  • Fuqarolik pasportining fotosurat ko’rsatilgan sahifasi nusxasi.

* Tavsiyanomani tavsiya beruvchi pgadmissions@glasgow.ac.uk manziliga e-mail orqali yuborishi yoki nomzodning o’ziga jo’natishi mumkin. Ikkala vaziyatda ham tavsiyanoma rasmiy kuchga ega bo’lishi, tavsiya beruvchi tomonidan imzolangan, kontakt ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Agar tavsiya beruvchi tavsiyanomani e-mail orqali yuborishni xohlasa, o’zi ishlaydigan muassasa nomiga ochilgan rasmiy e-mail manzilidan foydalanishi kerak. Shaxsiy e-mail yoki uchinchi shaxs nomiga ochilgan e-mail orqali yuborilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi. 

Grant belgilashda quyidagi saralash mezonlari belgilangan:

  • Akademik ko’rsatkichlar va yutuqlar (baholar va boshqalar): 30% 
  • Personal statement (shaxsiy bayonot): 40%
  • Tavsiyanomalar: 10%
  • Boshqalar (tadqiqot, ish staji va hkz.): 20%. 

Grant belgilangan nomzodlar 2-aprelda e’lon qilinadi. Grantga ariza bergan, ammo grant yutolmagan nomzodlar 31-iyunga qadar kontrakt asosida o’qish uchun murojaat qilishlari mumkin bo’ladi. 

Grantga emas, faqat magistratura kursiga hujjat topshirish niyatidagi nomzodlar 25-avgustgacha ariza topshirishlari mumkin. Savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing. Murojaat uchun EUROSUD@glasgow.ac.uk manziliga ingliz tilida e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!