×

Everest Xalqaro BMT Modeli konferensiyasi uchun grant


Grant

MUHLAT

01.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Nepal

O'QILGAN

3223 marta

O’zbekistondagi AQSh elchixonasi oliy o’quv yurtining bakalavr va magistratura bosqichi talabalarini Xalqaro Konferensiyada BMT vakili bo’lish va BMT simulyatsiya sessiyasida qatnashishga taklif etadi.

Beshinchi Everest Xalqaro BMT modeli Konferensiyasi 2018-yilning 7-11-may kunlari Nepalning Katmandu shahrida bo’lib o’tadi.

Besh kunlik tadbir Janubiy va Markaziy Osiyodagi 200 dan ortiq universitet talabalarini o’zida jamlaydi. Konferensiyada ekstremizm, ayollarning jamiyatdagi o’rnini kuchaytirish va mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish kabi masalalar asosiy diqqat markazida bo’ladi va muhokama qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichi talabalari

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

PAS Tashkent / Katmandu tashkiloti uch nafar O’zbekistonlik talabalarning Konferensiyada ishtirok etishlari uchun sayohat xarajatlarini, turar joylarini va ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun grantni moliyalashtirmoqda.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

O'zbekiston

Talablar:

Sayohat grantiga murojaat qilish uchun iltimos, quyidagi shartlarni bajaring:

EIMUN konferensiyasida ishtirok etish uchun SHU YERDA ariza topshirib, ro’yxatdan o’ting;

Sayohat granti uchun maxsus arizani to’ldiring (SHU YERDA yuklab olishingiz mumkin), imzolang, skanerdan o’tkazing va pasportingizning bir nusxasi, universitetda tehsil olishingizni isbotlovchi ma’lumotnoma va avvalgi BMT modeli konferensiyalarida qatnashganlikni tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo’lsa) bilan Tashkent-Program@state.gov elektron pochta  manziliga 2018-yil 1-mart soat 18:00ga qadar yuborish;

Grant e'lon qilgan tashkilot:

PAS Tashkent / Katmandu

Rasmiy vakil ismi:

Toshkentdagi AQSH Elchixonasi

Rasmiy vakil email manzili:

Tashkent-Program@state.gov

DIQQAT! O’z sayohat xarajatlarini o’zlari mustaqil qoplashga tayyor bo’lganlar EIMUN veb-saytida mustaqil ravishda 2018 yil 5-martdan kechiktirmasdan konferensiyada ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Sayohat granti uchun ariza shaklini SHU YERDA yuklab olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga xabar mavzusini “EIMUN konferensiyasi haqida” deb nomlab murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!