×

Excellence Master Fellowships: Shveysariyada magistratura kurslari uchun 16 683 AQSh dollarigacha grant!


Grant

MUHLAT

15.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2246 marta

Shveysariyada joylashgan University of Geneva tomonidan beriladigan Excellence Master Fellowships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi Master of Science magistratura kursida o’qish uchun akademik jihatdan eng iqtidorli, eng yuqori yutuqlarga erishgan, eng yuqori baholarga o’qigan talablarga beriladi. Master of Science kurslari Jeneva universitetidagi Faculty of Science fakultetini tashkil qiladi. Bu fakultetda Shveysariyaning bir nechta nufuzli ilmiy tadqiqot markazlari faoliyat yuritadi va turli ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Master of Science kurslari ro’yxati bilan bu yerda to’liq tanishishingiz mumkin (qabul talablari va jarayoni haqidagi ma’lumotlar ham shu sahifada berilgan).

Master of Science kurslari ingliz va fransuz tillarida o’qitiladi. Ariza topshirish oldidan sizni qiziqtirgan kurslar qaysi til(lar)da o’qitilishini o’rganib chiqing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talabaga 2 yillik magistratura kursining birinchi yili uchun CHF 10 000 dan CHF 15 000 gacha grant beriladi (11 122 – 16 683 AQSh dollari). Talabaning baholari pasayib ketmasa, grant o’qishning ikkinchi yilida ham beriladi.

Jeneva universitetida kontrakt to’lovi bir semestr uchun CHF 5000 (556 AQSh dollari) ni tashkil qiladi. Bu bir yil uchun CHF 1000 (1112 AQSh dollari) ga teng.

Talablar:

  • Nomzod dunyoning istalgan universiteti bakalavr kursining bitiruvchi kursida o’qiyotgan bo’lishi yoki tamomlagan bo’lishi, baholari o’z guruhi yoki universitetida eng yuqorilardan bo’lishi shart.
  • Nomzod Jeneva universitetining Faculty of Science fakultetidagi turli fanlar bo’yicha magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan kursga qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan magistratura kursi qaysi tilda o’qitilishiga qarab ingliz yoki fransuz tilini yaxshi bilishi kerak. Til talablari tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Avvaliga magistratura kursiga hujjat topshirish zarur. Magistraturaga ariza vaqtida nomzodga magistraturaga hujjat topshirganlik haqida «Votre candidature à l’UNIGE” nomli hujjat beriladi. Grantga ariza berishda shu hujjat taqdim etilishi zarur. Kursga hujjat topshirish jarayoni haqida rasmiy ma’lumotlar bu sahifada berilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun bu yerda ro’yxatdan o’tish zarur. Ariza to’ldirishning oxirgi kuni – 15-may.

Ro’yxatdan o’tgach, arizani to’ldirish uchun alohida havola (link) jo’natiladi. Nomzod shu arizaga quyidagi hujjatlarni bitta PDF hujjat sifatida birlashtirgan holda kiritishi zarur:

  1. Pasport nusxasi.
  2. 2 betdan oshmagan CV.
  3. Bakalavr kursi baholari.
  4. Motivatsiya xati.
  5. Ikkita akademik tavsiyanoma (o’qituvchining o’zi tomonidan Excellence-Master-Sciences@unige.ch manziliga yuborilishi kerak).
  6. Standartlashtirilgan va ingliz tili test natijalari (GRE, IELTS, TOEFL kabi). Siz tanlagan kursga qabul uchun qanday test natijalarini topshirish majburiy ekanini bilib olish uchun o’sha kurs sahifasidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Qo’shimcha ma’lumot uchun Academic-Advisor-Sciences@unige.ch elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!