×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 5000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4097 marta

Buyuk Britaniya (Angliya)da joylashgan University of Exeter tadqiqot universitetining magistratura kurslari uchun mo’ljallangan Postgraduate Global Excellence Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi magistratura kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga o’qishga qabul uchun qaror chiqqach avtomatik tarzda belgilanadi. Grant dasturidan maqsad kelajakda akademik yutuqlarga erishish uchun yuqori potensialga ega iqtidorli va a’lochi talabalarni rag’batlantirish. Exeter universitetida quyidagi yo’nalishlardagi kurslar uchun Postgraduate Global Excellence Schoalrship grantini yutib olishingiz mumkin:

  1. Arab va Islom fanlari.
  2. Ta’lim.
  3. Huquqshunoslik.
  4. Siyosat.
  5. Sotsiologiya.

Ushbu  yo’nalishlar bo’yicha ko’plab magistratura kurslari mavjud, ular haqidagi batafsil ma’lumotni bu yerga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratuda o’qshni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Postgraduate Global Excellence Scholarship grantini yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 5000 funt sterling chegirma qilinadi.

Universitet magistratura kurslari uchun kontrakt miqdorlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin. Kontrakt miqdorlari kurslarga qarab farq qilishi mumkin.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos talabalarga beriladi:

  1. Nomzod bakalavr bosqichida a’lo baholarga o’qigan bo’lishi va baholari bilan ajralib turishi kerak.
  2. Nomzod Exeter univeristeti magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Kursga qabul uchun esa nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, bakalavr bosqichining magistratura kursiga aloqador yo’nalishdagi diplomiga ega bo’lishi hamda magistratura kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

 

Postgraduate Global Excellence Scholarships grantini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, kurs uchun online ariza berish yetarli. Exeter universitetining ko’rsatilgan yo’nalishdagi kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grant uchun nomzodlikka qo’yiladi va o’qishga qabul qilingan talabalar ichidan bakalavr bosqichida olgan baholari eng yuqori hisoblangan talabalarga grant belgilanadi. Grantlar 2019-yilning 31-iyuliga qadar belgilanadi, lekin grant yutib olish ehtimoli ortishi uchun ertaroq ariza berish tavsiya etiladi. 2019-2020 o’quv yili uchun 20 ta grant ajratilgan va grant kvotasi to’lguniga qadar universitet kelib tushgan arizalar bo’yicha yil davomida grant belgilab boradi, shuning uchun hujjat topshirish muhlatining oxirigacha kutish maqsadga muvofiq emas.

Exeter universiteti magistratura kurslariga hujjat topshirish uchun esa bu yerga kirib, sizni qiziqtirgan magistratura kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Universitetdagi turl kurslar turli xil qabul talablariga ega, shuning uchun topshrish kerak darajalar ham bir-biridan farq qilishi mumkin.  Hujjat topshirish jarayoni haqid abatafsil ma’lumotlar bu yerda. Hujjat topshirish haqidagi to’liq ma’lumot esa bu yerda.

Kursga hujjat topshirishda kerakli asosiy hujjatlar:

  1. Diplom nusxasi.
  2. Baholar.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati.

Ma’lumot uchun admissions-scholarships@exeter.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!