×

“Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi; gʻolibga – Iphone 15 pro max!


Grant

MUHLAT

20.05.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1328 marta

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga quyidagi mavzular boʻyicha yangidan yaratilgan, 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi:

  • insonparvarlik va bag‘rikenglik, erkinlik va mas’uliyat, vatanparvarlik, huquqiy madaniyat (qonunga itoatkorlik), milliy o‘zlik, ma’rifatparvarlik, mehnatsevarlik va intizom, innovatsiya va tadbirkorlik.

Mavzularning har biri alohida emas, barchasi birgalikda umumiy tanlov hisoblanadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining diplomi bilan taqdirlanadi.

Hakamlar e’tirofi bo‘yicha:

  • 1-o‘rin – Iphone 15 pro max (256 GB)
  • 2-o‘rin – HP Victus
  • 3-o‘rin – Samsung Galaxy Tab S9

Muxlislar ovozi bo‘yicha:

  • 1-o‘rin – Iphone 15 pro max (256 GB)
  • 2-o‘rin – HP Victus
  • 3-o‘rin – Samsung Galaxy Tab S9

Shuningdek, tanlovda g‘olib deb topilgan ijtimoiy videoroliklar respublikadagi telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar va tashqi reklama vositalari (LED ekranlar) orqali namoyish etib boriladi.

Talablar:

Tanlovda yoshidan qatʼi nazar barcha qatnashishi mumkin.

Gʻoliblar quyidagi mezonlarga ko‘ra aniqlanadi:

  • videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilganligi;
  • videorolikda tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;
  • muallifning videorolikni yaratishdagi o‘ziga xos ijodiy yondashuvi, ishning plagiat emasligi;
  • videorolikning barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi;
  • videorolikda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi.

Videoroliklar Hakamlar hay’ati tomonidan yuqoridagi mezonlar asosida saralanadi. Eng yaxshi deb topilgan 10 ta (kelib tushgan ijodiy ishlarning soni va sifati inobatga olingan holda mazkur raqam o‘zgarishi mumkin) videorolik Oyina.uz portali telegram kanalida e’lon qilinadi va maxsus bot orqali ovoz yig‘ish jarayoni tashkil etiladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra ovozlar soni tartibida 1, 2 va 3-o‘rinlar aniqlanadi. Bundan tashqari, Hakamlar hay’ati e’tirofi bo‘yicha ham 1, 2, 3-o‘rinlar taqdirlanadi.

Tanlov shartlariga javob bermaydigan ishar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, plagiat va ovoz yig‘ish jarayonlarini soxtalashtirishga urinilgan holatlar aniqlanganda ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirokchilar videorolik, oʻzi haqidagi maʼlumotlar va bogʻlanish uchun telefon raqamini 2024-yil 20-may soat 18:00 gacha “Oyina.uz” portalining @oyinauz_bot telegram botiga yuborishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!