Facebook Fellowship — bu akkreditsiyadan o‘tgan universitetda kompyuter fanlari va muhandislik sohalarida innovatsion va tegishli tadqiqotlarni olib boradigan istiqbolli doktorantlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan global dastur.
Dastur PhD ta’limining har qanday bosqichidagi tahsil layotgab talabalar uchun ochiq. Shuningdek, dastur turli millatlardan boʻlgan, turlicha tajriba va tarixgaga ega bo’lganlar, ayniqsa, jamiyatda an’anaviy ravishda ozchilikni tashkil etuvchi guruhlarning ariza topshirishini qoʻllab-quvvatlaydi. Arizalar talabaning tadqiqot bayonoti, nashr ettirgan ishlari va tavsiyanomalarning kuchiga qarab baholanadi.
Dasturga ariza topshiruvchilar quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlashlari lozim.
- AI System HW SW Co-Design
- Applied Statistics
- AR/VR Computer Graphics
- AR/VR Future Technologies
- AR/VR Human Computer Interaction
- AR/VR Human Understanding
- AR/VR Perception, Cognition, and Action
- AR/VR Photonics and Optics
- Audio Presence
- Augmented Reality Audio
- Blockchain and Cryptoeconomics
- Computational Social Science
- Database Systems
- Distributed Systems
- Economics and Computation
- Networking
- Privacy and Data Use
- Programming Languages
- Security and Privacy
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichi talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilingan tadqiqotchilar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- Ikki yilgacha (4 semestrgacha) boʻlga muddat uchun kontrakt summasi va taʼlim bilan bogʻliq boshqa badallar qoplanadi.
- Yashash va konferensiyalarga safar xarajatlari uchun yiliga 42 ming AQSH dollari stipendiya beriladi.
- Har yili Facebook bosh ofisiga oʻtkaziladigan Fellowship sammitida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi).
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzodlar stipendiya boshlangunga qadar, ya’ni 2022-yil kuziga qadar akkreditatsiyalangan universitetga (mamlakatidan qat’i nazar) o‘qishga kirgan, toʻliq oʻqish (full-time) asosda tahsil olayotgan PhD talabalari bo‘lishlari kerak.
- Ishtirokchirlar yuqorida keltirilgan bir yoki bir nechta tegishli sohalar bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak.
- Dastur imtiyozlarini olish uchun dastur davomida toʻliq oʻqish (full-time) asosda tahsil oluv talaba sifatida qolishlari kerak.
- Agar talabalar boshqa homiylik yoki hamkorlik dastularida Facebook tomonidan moliyalashtirilayotgan bo’lsa va/yoki ularga Facebook tadqiqotchisi ilmiy rahbarlik (hamrahbarlik) qilayotgan bo’lsa, ushbu dasturga ariza bermasligi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun arizalarni onlayn qabul qilish 2021-yilning 20-sentyabrigacha davom etadi. Natijalar 2022-yil yanvar oyi oxirida e’lon qilinadi.
Ariza topshirmoqchi boʻlganlar bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Arizada quyidagilar taqdim etilishi kerak:
- 500 soʻzli tadqiqot bayonoti (research summary). Bayotonda taqdidot nimaga eʼtibor qaratishi, tadqiqotning tanlangan soha uchun ahamiyati va dastur davomida uning Facebookʼka qoʻllash mumkinligi aniq yoritib berilishi kerak.
- 2 ta tavsiyanoma, bittasi ilmiy rahbardan boʻlishi kerak. Sizdan tavsiya qiluvchilarning kontakt maʼlumotlari soʻraladi va ularga tavsiyanomani topshirish uchun tegishli shakl yuboriladi.
Savollar yuzasidan academicrelations@fb.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Ko‘p so’raladigan savollar (FAQ) bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.