Facebook ma’muriyati «Facebook Grace Hopper Women in Computing Scholarshipb 2018» dasturi bo’yicha xotin-qizlar uchun navbatdagi konferensiyaga hujjatlar qabul qilish 2018-yilning 1-iyunidan boshlanishini e’lon qildi. Ushbu konferensiya 2018-yilning 26-28-sentabr kunlari Hyustonda bo’lib o’tadi. Konferensiya kompyuter fanlari va shu sohada ta’lim olayotgan/tadqiqot olib borayotgan xotin-qizlarni rag’batlantirishni nazarda tutadi.
Konferensiyada qatnashish uchun ajartilgan grantlar soni: 50 nafar.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada kompyuter fanlari (Computer Science) ni o'rganayotgan xotin-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Konferensiyada grant asosida qatnashish imkonini qo’lga kiritgan nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- 2018-yilning 23-29-sentabr kunlari Hyustonda turar joy va transport xarajatlari qoplanadi;
- Oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi;
- Konferensiyaga ro’yxatdan o’tish pulidan ozod qilinadi;
- Grace Hopper’ni nishonlash tadbirida qatnashish uchun taklifnoma beriladi.
Facebook viza xarajatalri hamda AQShga borish hamda qaytish xarajatlarini qoplab bermaydi. Konferensiyada ishtirok etish huquqini qo’lga kiritganlar ushbu xarajatlarni o’zlari qoplashi lozim.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Dasturga faqat xotin-qizlar ariza topshirishi mumkin.
- Nomzod bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada kompyuter fanlari sohasida ta’lim olayotgan/tadqiqot olib borayotgan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilida muloqot qila olishi kerak.
- Istalgan davlat xotin-qizlari ushbu dasturga topshirishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzodlar dasturga arizani onlayn tarzda topshiradi.
Eslatma: Arizalarni qabul qilish 2018-yilning 1-iyunidan boshlanadi hamda 2018-yilning 30-iyunigacha davom etadi.
Qabul qilingan nomzodlarga 2018-yilning 1-avgustida arizalar natijasi haqida email orqali xabar qilinadi.