×

Doktorantura talabalari uchun Facebook’dan to’liq grant va 37000 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

12.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Istalgan davlatda

O'QILGAN

2485 marta

Tadqiqot olib borayotgan umidli bo’lajak olimlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Facebook tomonidan tashkil etilgan Facebook Fellowship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant kompyuter fanlari va muhandislik sohalarida tadqiqot olib borayotgan doktorantura talabalari uchun ajratilgan bo’lib, ularning tadqiqot natijalari Facebook kompaniyasida amalga tadbiq qilinishi mumkin. Grantlar quyidagi yo’nalishlarda o’qib, tadqiqot olib borayotgan talabalarga beriladi:

Applied Statistics

AR/VR Photonics and Optics

Computational Social Science

Computer Vision

Compute Storage and Efficiency

Distributed Systems

Economics and Computation

Hardware and Software Infrastructure for Machine Learning

Machine Learning

Natural Language Processing

Networking and Connectivity

Programming Languages

Security/Privacy

Spoken Language Processing and Audio Classification

UX/Instagram Well-being

Grant kimlar uchun?

Doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Facebook Fellowship Program dasturi doirasida taqdirlangan talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishadi:

  1. Talabaning o’qish kontrakti qoplab beriladi (2 yilgacha).
  2. Talabaga ikki yilgacha muddat davomida 37000 AQSh dollari miqdoridagi yillik stipendiya beriladi. Stipendiya har yili bir marta birdaniga to’lanadi.
  3. Nomzodlar turli konferensiyalarda qatnashishlari uchun qo’shimcha yana 5000 AQSh dollari mablag’ ajratiladi.
  4. Undan tashqari, dastur ishtirokchilari har yili Facebook bosh offisida bo’lib o’tadigan sammitda ishtirok etishlari mumkin bo’ladi.

Talablar:

Grantga da’vogarlik qilish uchun nomzodlar quyidagi asosiy talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod hozirda doktorantura kursida ta’lim olayotgan bo’lishi kerak. Nomzod doktorantura bosqichining istalgan kursida o’qiyotgan bo’lishi mumkin, lekin Facebook Fellowship Program dasturi ancha uzoq o’qib ulgurgan tajribali va malakali nomzodlarga ustunlik beradi.
  2. Nomzod o’qiyotgan kurs ko’rsatilgan yo’nalishlarga aloqador bo’lishi zarur.
  3. Nomzod grant yutib olsa, grant to’lab berilishi kerak bo’lgan vaqtda ham univeristetda o’qishi rejalashtirilayotgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun 2018-yil 12-oktabrdan kechikmagan holda onlayn ariza berish kerak. Arizaga quyidagilarni ilova qilish zarur:

  1. Nomzod grant beriladigan yillarda olib bormoqchi bo’layotgan tadqiqot haqida qisqa ma’lumot. Bunda nomzod tadqiqot mavzusini, uning dolzarbligi va Facebookda tadbiq qilinish imkoniyat darajasini ko’rsatishi kerak.
  2. Tarjimai hol yoki CV. Bu hujjatda nomzodning pochta va elektron pochta manzili, uy manzili, telefon raqami va o’qish joylari va hkz. haqida ham ma’lumot bo’lishi kerak.
  3. Ikkita tavsiyanoma. Bunda tavsiya beruvchilarning ismlari va elektron manzillari ham ko’rsatilishi kerak. Tavsiyanomalarning biri nomzodning ilmiy maslahatchisi tomonidan yozilishi kerak.

Nomzodlar tadqiqotlari mazmuni, nashrlar ro’yxati va tavsiyanomalar asosida saralanadi.

Ma’lumot uchun facebookfellowship@fb.com elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!