×

Facebook’dan grant dasturi: doktoranturada 2 yil bepul o’qish imkoniyati va yiliga 42 000 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1410 marta

Facebook kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Facebook Fellowship Program grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar kompyuter fanlari va muhandisligi yo’nalishida innovatsion tadqiqot ishlari olib borayotgan iqtidorli tadqiqotchilarga beriladi. Grant dasturiga qabul qilingan nomzod o’zi tanlagan doktorantura kursida o’qish uchun Facebook kompaniyasidan moliyaviy ko’mak olish imkoniga ega bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tadqiqotchining kontrakt to’lovi 2 yilgacha butunlay qoplab beriladi.
  • Tadqiqotchiga yiliga 42 000 AQSh dollari stipendiya
  • Tadqiqotchi Facebook kompaniyasining AQShdagi bosh ofisida bo’lib o’tadigan sammitda ishtirok etadi.

Talablar:

  • Tadqiqotchi istalgan davlatdagi 2021-yil fevralda boshlanadigan, kompyuter fanlari va muhandisligi yo’nalishidagi doktorantura kursiga o’qishga qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod bu yerda (sahifa so’nggida) ko’rsatilgan tadqiqot mavzularidan biri bo’yicha faol tadqiqot olib borishi kerak.
  • Nomzod Facebook kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan boshqa grant dasturida ishtirok etmasligi kerak.
  • Doktorantura kursining birinchi yoki ikkinchi yilida tahsil olayotgan tadqiqotchilar ham dasturga qabul qilinadi.
  • Grantlar eng yuqori ko’rsatkichlarga ega hamda eng innovatsion va muhim mavzularda tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilarga belgilanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olishni xohlasangiz, 2020-yil 1-oktyabrga qadar ariza topshiring. Arizalar bu yerda to’ldiriladi. Tavsiyanomalarni 7-oktyabrgacha yuborish mumkin. G’oliblar noyabrda e’lon qilinadi. Hujjat topshirish oldidan arizalarni ko’rib chiquvchi komissiya a’zolari tomonidan berilgan maslahatlar bilan tanishib chiqing. Savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing – sahifa oxirida ko’p so’raladigan savollarga javoblar ko’rsatilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!