×

Faculty Enrichment Program: OTM oʻqituvchilari uchun AQSHda 4 oylik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

11.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4086 marta

Faculty Enrichment Program (FEP) – Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi oʻqituvchilarga AQSHdagi 4 oylik malaka oshirish dasturi orqali oʻz pedagogik mahorati va kasbiy bilimlarini oshirish imkonini beruvchi dasturdir.

AQSHdagi dastur davomida ishtirokchilar darslarni kuzatadi, ilmiy konferensiyalarga qatnashadi va AQSHning mezbon universitetlaridan biriktirilgan mentorlari bilan yaqindan ish olib boradi.

FEP ishtirokchilaridan AQSHning mezbon OTMlari va oʻz davlaridagi OTMlar oʻrtasidagi doimiy hamkorlik va aloqani qoʻllab-quvvatlash soʻraladi.

Bu dastur Toshkentdagi AQSH elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi va Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari tomonidan boshqariladi.

Hozirda 2024-yil bahorgi va kuzgi FEP dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Universitetda maʼruzachi yoki maʼmur sifatida kamida 2 yillik kasbiy tajribaga (toʻliq stavka) ega OTM oʻqituvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturga qatnashish xarajatlari, jumladan, safar, turar joy, yashash va boshqalar bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish va hozirda Oʻzbekistonda yashayotgan boʻlish kerak.
  • Hozirda Oʻzbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasasida toʻliq stavka asosida dars berayotgan boʻlish kerak.
  • Ariza topshirish vaqtida universitetda maʼruzachi yoki maʼmur sifatida kamida 2 yillik kasbiy tajribaga (toʻliq stavka) ega boʻlish kerak.
  • Ariza topshirish vaqtida ingliz tili makalasi yaxshi boʻlishi kerak (yozma va ogʻzaki ingliz tili).
  • Dastur tugagandan keyin Oʻzbekistonga qaytish masʼuliyatini olish kerak.
  • Oʻzi hozirda ishlayotgan OTMdagi uzoq muddatli almashinuv dastturlariga oid qoidalarga rioya qilish kerak.
  • 2024-yil yanvar yoki avgust oyida AQSHda FEP dasturida ishtirok etishni boshlay olish kerak.
  • Dastur ishtirokchilari AQSHga J-1 viza bilan boradi. Nomzodlar J-1 vizasi olish talablariga mos boʻlishi kerak.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 10-oktabr 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtish va hisob (account) yaratish lozim.

Soʻng arizada soʻralgan maʼlumot va hujjatlar kiritiladi hamda yuklanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur saytidagi rasmiy maʼlumotlar va talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan fep@americancoucils.org elektron pochta manzili yoki +998 78 150 71 50 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!