×

«Falling Walls Conference» konferensiyasi


Grant

MUHLAT

23.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3299 marta

“Falling Walls Lab” — Germaniyada Berlin devori qulashining 20 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan loyihadir. Bu yangi tashkil etilgan yillik fanlararo konferensiya bo‘lib, unda yosh daholar o‘z innovatsion g‘oyalarini ilmiy, ijtimoiy, sanoat yoki biznes sohasida taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

“Falling Walls Lab” yosh olimlar, mutaxassislar va tadbirkorlarga jahon hamjamiyatiga inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida uchraydigan turli xil muammo va qiyinchiliklar yechimi bo‘yicha o‘z g‘oyalari, ilmiy-tadqiqot loyihalari va ijtimoiy tashabbuslari, ilg‘or usullarini taklif qilish imkonini beradi. Bu sizning g‘oyalaringiz eshitilishi va rivojlanishiga turtki berilishiga imkoniyatdir.

“Falling Walls Lab” loyihasi O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Tadbir Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.

Qachon va qayerda bo’lib o’tadi: 2018-yilning 25 may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida dastlabki bosqich bo‘lib o‘tadi. Berlinda o‘tadigan konferensiyaning final bosqichida yirik siyosatchilar, tadbirkorlar, iqtisodchilar, olimlar, jurnalistlar, faollar, media shaxslar hakamlar hay’atini tashkil etishadi. “Falling Walls Lab Tashkent”ning hakamlar hay’ati Berlinda o‘tadigan “Falling Walls Conference” konferensiyada qatnashadigan g‘olibni tanlab berishadi.

G’olib 2018 yilning 8 noyabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ihtirok etadi. Berlindagi konferensiyada dunyoning turli burchaklaridan kelgan 100 nafardan ortiq kashfiyotchilar ishtirok etishadi.

Grant kimlar uchun?

Talabalar (bakalavr, magistr, PhD, doktorantura), yosh olimlar, yosh tadbirkorlar, mutaxassislar va startapchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Talablar:

Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar o‘z biznes rejasi, tadqiqot dasturi yoki injimoiy taklifini 3 daqiqa ichida presentatsiya haklida taqdim etishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza online tarzda topshiriladi. Shuningdek, mehmonlar va ishtirokchilar elektron pochta orqali ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: lektorintaschkent@gmail.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!