×

Fan doktorlari uchun Fulbrayt dasturi stipendiyasi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

996 marta

Ushbu dasturdan ko‘zlangan maqsad Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi va boshqa xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamfikrlilikni kuchaytirish, shu tariqa Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona, samimiy va tinch munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

Fulbrayt stipendiyasi dasturida kollej va universitet o‘qituvchilari, shuningdek, AQShda to‘rt oydan 10 oygacha bo‘lgan muddatda tadqiqot olib borishni ko‘zlagan professionallar qatnashishi mumkin. O‘quv sohalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Huquq
  • Ta’lim
  • Kutubxonachilik
  • Jurnalistika
  • Siyosatshunoslik
  • Biznes
  • Moliya
  • Jamiyatshunoslik
  • Atrof-muhitni o‘rganish
  • Madaniyat va san’at

Ushbu dasturga ariza topshiruvchi kishi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi, ingliz tilini mukammal bilishi, fan nomzodi yoki doktorlik darajasiga yoxud o‘z sohasida kamida 15 yillik tajribaga ega professional xodim bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, barcha nomzodlarning sog‘ligi yaxshi holatda bo‘lmog‘i kerak.

2015-yil uchun tanlov muddati o’tib ketdi. 2016-yil uchun tanlov hali e’lon qilinmagan.

Qo’shimcha ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!