O‘zbekistonda yoshlar uchun zamonaviy chet tillarini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida IT Park Uzbekistan tomonidan yangi bepul oflayn koreys tili TOPIK o’rgatish dasturi ishga tushirildi. Ushbu dastur orqali yoshlar qisqa vaqt ichida koreys tilini o‘rganib, Janubiy Koreyaning oliy taʼlim muassasalariga kirishi, Janubiy Koreyaga kompaniyalariga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dastur O‘zbekistonning Fargʻona viloyati hududida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
- TOPIK 1
- TOPIK 2
- TOPIK 3
- SOFT SKILLS (resume writing, LinkedIn, interviews)
Dastur quyidagi tashkilotlar ko‘magida amalga oshirilmoqda:
- O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- IT Park Uzbekistan
- World Bank
Ushbu dastur 2026-yilning iyun oyidan oktyabr oyigacha davom etadi. Ta’lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar nazariy va amaliy bilimlarni birgalikda o‘zlashtiradilar.
Grant kimlar uchun?
Fargʻona viloyatida roʻyxatdan oʻtgan 18-30 yoshli Oʻzbekiston fuqarolari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Mazkur kurslarning manfaatli jihatlari quyidagilardan iborat:
- Ishtirok etish mutlaqo bepul
- Bitiruvchilarga dasturni tamomlaganlik haqida sertifikat beriladi
- Eng yaxshi natija ko‘rsatgan bitiruvchilarga TOPIK imtihoni toʻlovlari toʻlab beriladi va Koreya universitetlariga joylashish uchun konsalting xizmatlari bepul taqdim etiladi
Ushbu kurslardagi ta’lim joylarining 50% qismi ayol-qizlar uchun ajratilgan.
Talablar:
Ushbu kurslarga 18-30 yosh bo‘lgan barcha Farg’ona viloyatida ro’yxatdan o’tgan O‘zbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin. Shuningdek, nomzodlardan koreys tilini yetarli darajada bilish talab etiladi. Ishtirokchilar topshirilgan arizalar asosida saralab olinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2026-yilning 20-mayigacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Onlayn arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.




