×

Farleigh Dickinson University: AQShda bakalavr kurslari uchun 22 000 AQSh dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1362 marta

AQShda joylashgan Farleigh Dickinson University tomonidan taqdim etiladigan FDU International Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan xorijlik talabalarga beriladi. Ushbu grantlar baholar va erishgan yutuqlari asosida eng yuqori ko’rsatkichga ega nomzodlarga belgilanadi. Farleigh Dickinson universitetida mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga yiliga 22 000 AQSh dollarigacha grant beriladi. Talabaning baholari pasayib ketmasligi va namunali natijalar ko’rsatishi sharti bilan grant 4 yillik bakalavr kursi davomida har yili berib boriladi.

Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod maktab/kollej/litseyni tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod Farleigh Dickinson universitetida o’qitiladigan bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ijtimoiy faol, a’lochi va tirishqoq ekanligini amaliy natijalar orqali isbotlagan bo’lishi kerak.
  • Bakalavr kursiga qabul uchun kamida IELTS 6, TOEFL IBT 70 yoki boshqa test natijalari talab etiladi. 
  • Qabul uchun ACT, SAT kabi testlar majburiy emas. Bu test natijalarini ixtiyoriy ravishda topshirish mumkin. Grant yutib olish uchun SAT/ACT test natijalari zarur emas.
  • San’at va sport yo’nalishlariga hujjat topshirayotgan nomzodlar qabul uchun boshqa talablarga ham javob berishlari talab etiladi. Bu haqida batafsil ma’lumot olish uchun kerakli kurs sahifasiga tashrif buyurib, qabul talablari bilan tanishib chiqish zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Bakalavr kursiga hujjat topshirgan barcha nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Grantlar talabalikka tavsiya etilganlar ichidan eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalarga belgilanadi. 

Bakalavr kurslariga arizalar 1-dekabrgacha bu yerda yoki bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun nomzodning moliyaviy holatini ko’rsatuvchi hujjat ham talab qilinadi. 

Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil tanishish uchun bu yerga bosing. Murojaat uchun global@fdu.edu manziliga ingliz tilida e-mail yuboring. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!