×

Fatima Al-Fihri Open University: onlayn amaliyot dasturida qatnashing va xalqaro tajribaga ega boʻling!


Grant

MUHLAT

28.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1859 marta

Fatima Al-Fihri Open University (FAOU) xalqaro notijorat taʼlim muassasasi boʻlib, 2016-yili tashkil etilgan. Oliygoh butun dunyo boʻylab oʻrta maktab diplomini olgan yoshlarga, yoshidan, mamlakati, ma’lumoti va madaniy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, universitet darajasida oʻqish uchun ochiq va qulay vositalarni taklif etadi. Hozirda oliygohning Faou Summer Internship 2020 yozgi amaliyot dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Amaliyot 6 haftadan 12 haftagacha davom etishi mumkin. Nomzodlar amaliyot dasturida taklif etilayotgan quyidagi ish oʻrinlari uchun ariza berishlari mumkin:

  1. Human Resources Officer
  2. Communication Officer
  3. Partnership Officer
  4. Marketing Officer
  5. Social Media Editor
  6. Social Media Officer
  7. Pedagogical Affairs Officer
  8. IT Officer
  9. Platform Officer
  10. Photo Designer and Editor
  11. Video Designer and Editor
  12. Newsletter Manager

Amaliyot dasturida qatnashish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Grant kimlar uchun?

Yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot qatnashchilari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

  1. Dasturda bepul qatnashish
  2. Moslashuvchan ish vaqti (haftasiga 6 – 8 soat)
  3. Masofadan turib ishlash
  4. Dastur yakunida beriladigan sertifikat
  5. Stipendiya dasturlariga ariza topshirish yoki boshqa dastur va tadbirlarda qatnashish uchun koʻmak olish
  6. Turli ijtimoiy dasturlar bilan ishlash imkoniyati

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga barcha davlar fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq)
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak
  • Kompyuter va Internet dasturlaridan erkin foydalana olishi kerak
  • Haftasiga kamida ikki marta Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak
  • Tezkor muhitda oʻrganish va ishlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak
  • Jamoa tarkibida samarali ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak
  • Rivojlanish va kasbiy malakasini oshirishga ishtiyoqmand boʻlishi kerak
  • Koʻp madaniyatli, koʻp millatli muhitda samarali ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak
  • Milliy va madaniy kelib chiqishi turlicha boʻlgan odamlar bilan ishlay olishi kerak. Batafsil maʼlumot shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi amaliyot dasturida qatnashish istagidagi nomzodlar 2020-yil 28-maygacha onlayn ariza berishlari kerak. Arizada nomzoddan shaxsiy maʻlumotlari, e-mail adresi, tarjimai holi, ariza bermoqchi boʻlgan ish oʻrni, biriktirilgan xat (cover letter) kabilar soʻrladi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: contact@alfihri.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!