×

Felix Schoeller Photo Award fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 10 000 yevrogacha pul mukofoti yutib oling!


Grant

MUHLAT

15.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4703 marta

Har 2 yilda bir marta o’tkaziladigan Felix Schoeller Photo Award fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga professional suratkashlar va suratkashlik faoliyatiga endi kirib kelayotganlar tomonidan tushirilgan yuqori sifatli fotosuratlar qabul qilinadi. 

Tanlovga 2 yo’nalish bo’yicha suratlar qabul qilinadi:

1. Professional suratkashlar yoʻnalishi. Bu yoʻnalishning oʻzida quyidagi 4 ta kategoriya mavjud:

Yuqoridagi har bir kategoriya bilan batafsil tanishish uchun tegishli kategoriya ustiga bosing.

2. Yangi suratkash yoʻnalishi. Bu yoʻnalishda alohida kategoriya mavjud emas va bunda barcha ishtirokchilar oʻz ishlarini Yangi suratkash (Best Work by an Emerging Photographer) yoʻnalishi uchun topshiradi.

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • German Peace Prize for Photography kategoriyasi gʻolibi:
    – 10 000 ming yevro
    – Taqdirlash marosimiga taklifnoma
    – Surati “Nomzodlar va gʻoliblar” koʻrgazmasida namoyish etiladi
    – Tashkilotlarchilarning ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi
  • Portrait kategoriyasi gʻolibi:
    – 5000 ming yevro
    – Taqdirlash marosimiga taklifnoma
    – Surati “Nomzodlar va gʻoliblar” koʻrgazmasida namoyish etiladi
    – Tashkilotlarchilarning ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi
  • Photojournalism kategoriyasi gʻolibi:
    – 5000 ming yevro
    – Taqdirlash marosimiga taklifnoma
    – Surati “Nomzodlar va gʻoliblar” koʻrgazmasida namoyish etiladi
    – Tashkilotlarchilarning ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi
  • Sustainability kategoriyasi gʻolibi:
    – 5000 ming yevro
    – Taqdirlash marosimiga taklifnoma
    – Surati “Nomzodlar va gʻoliblar” koʻrgazmasida namoyish etiladi
    – Tashkilotlarchilarning ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi
  • Best Work by an Emerging Photographer kategoriyasi gʻolibi:
    – 5000 ming yevro
    – Taqdirlash marosimiga taklifnoma
    – Surati “Nomzodlar va gʻoliblar” koʻrgazmasida namoyish etiladi
    – Tashkilotlarchilarning ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi

Talablar:

Tanlovga qatnashish talab va shartlari quyidagicha:

  • Barcha ishtirokchilar ariza topshirish vaqtida 18 yosh yoki undan katta bo’lishi kerak.
  • Professional suratkashlar yoʻnalishi kategoriyalariga hayot kechirish uchun topadigan daromadining 50 foizidan koʻpi suratkashlik va film yaratish faoliyatidan keladigan professional fotograflar, film yaratuvchilari, fotograf-dizaynerlar va ijodkorlar ariza topshirishi mumkin.
  • Yangi suratkash yoʻnalishiga suratkashlik va film yaratish sohasida universitetda o’qiyotgan, kasbiy malaka oshirish kursini oʻtayotgan yoki suratkashga shogirdlik (yordamchilik) qilayotgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa boʻlib qatnashish mumkin. Jamoa boʻlib qatnashganda barcha jamoa aʼzolari belgilangan talablarga mos boʻlishi lozim.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta kategoriya uchun surat topshirganda suratlar soni kamida 3 ta, ko’pi bilan 5 ta boʻlishi kerak. Suratlar mazmun jihatdan bir-biriga bog’langan yoki bog’lanmagan bo’lishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi professional suratkashlar yoʻnalishidagi barcha kategoriyalarga surat topshirishi ham mumkin, lekin bunda 1 ta kategoriya uchun faqat 1 ta surat topshirilishi va bir kategoriyaga kiritlgan surat boshqasiga kiritilmasligi lozim.
  • Professional va yangi suratklashlar/ijodkorlar faqat oʻz yoʻnalishi boʻyicha ariza berishi kerak.
  • Suratlar uchun konsepsiya ham yozilishi va unda ishtirokchi tegishli mavzuga qanday yondashgani yozma shaklda izohlanishi kerak. Konsepsiya ingliz yoki nemis tilida boʻlishi va 1000 belgidan oshmasligi kerak.
  • Tanlovga topshirish vaqtidan hisoblaganda xuddi shu shakl va mazmunda birinchi marta chop etilganida 2 yildan oshgan suratlar seriyalari qabul qilinmaydi.
  • Suratlar kreativligi, mazmuni, kompozitsiyasi va texnik jihatdan mukammalligi asosida baholanadi.
  • Shuningdek topshirilgan ishlar belgilangan texnik talablarga ham mos boʻlishi kerak.

MUHIM: Texnik talablar va boshqa talablar bilan batafsil tanishish uchun tanlov qoidalarni oʻqib chiqing. Qoidalar bir nechta tilda, jumladan, ingliz va rus tilida ham berilgan. Kerakli tilni tanlash orqali ushbu qoidalarni yuklab olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ishlar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi (Start your entry).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov qoidalarni oʻqib chiqing. Qoidalar bir nechta tilda, jumladan, ingliz va rus tilida ham berilgan. Kerakli tilni tanlash orqali ushbu qoidalarni yuklab olishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: contact@felix-schoeller-photoaward.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!