×

Fellowship in Amsterdam: Gollandiyada 3 oy amaliyot dasturi – aviachiptalar olib beriladi, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

4050 marta

The Netherlands Education Group iqtidorli yoshlar uchun qisqa kurslar tayyorlash bilan shug’ullanadigan tashkilot hisoblanadi. Gollandiyada faoliyat yuritadigan ushbu tashkilot tomonidan tashkil etilgan Fellowship in Amsterdam amaliyot (stajirovka) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur 2 qismdan iborat. Birinchi qismda dastur ishtirokchisi The Netherlands Education Group uchun o’zi yashaydigan davlatda onlayn tarzda amaliyot o’taydi. Bunda ishtirokchi mahalliy hamkorlar bilan muloqot qilish, bozorni o’rganish va shu kabi topshiriqlarni bajaradi. Taxminan 6 oy davom etadigan mahalliy amaliyot dasturidan so’ng ikkinchi bosqich Gollandiyaning Amstrerdam shahrida bo’ladi. Ishtirokchi Amsterdam shahridagi The Netherlands Education Group ofisida 3 oy yoki o’zining xohishiga ko’ra undan qisqaroq muddat davomida amaliyot o’taydi. Bunda ishtirokchilar bir-birlari bilan tanishish va ta’lim jarayonlari mutaxassislari bilan birga ishlash imkoniga ega bo’ladilar. Amsterdamda bo’ladigan amaliyot dasturida ishtirokchilar The Netherlands Education Group tomonidan tayyorlanadigan qisqa kurslarni shakllantirish va olib borish masalalarida o’z fikr va g’oyalari bilan o’rtoqlashadilar va tashkiliy jamoa bilan ishlaydilar. Ushbu amaliyot dasturi biznes va ta’lim sohalariga qiziquvchilar uchun amaliy tajribaga ega bo’lish va go’zal Amsterdam shahriga sayohat qilish imkoniyatini beradi.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tilini yaxshi biladigan, muloqot mahorati va internet xizmatidan foydalanish imkoniga ega barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan amaliyotchi Amsterdam shahriga amaliyotning ikkinchi bosqichi uchun borishi uchun aviachiptalar olib beriladi, Amsterdam shahrida turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod ingliz tilini juda yaxshi bilishi zarur (chunki amaliyot hamkorlar bilan muloqot qilishni ham o’z ichiga oladi).
  • Nomzod Facebook ijtimoiy tarmog’i foydalanuvchisi bo’lishi kerak.
  • Nomzod tez va sifatli ishlaydigan internet tarmog’iga ulangan bo’lisi kerak.
  • Nomzod kuchli muloqot mahoratiga ega bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar istalgan vaqt topshirilishi mumkin. hujjat topshirilgandan 3 hafta o’tib, natijalar e’lon qilinadi. Agar 3 haftadan keyin ham javob kelmasa, office@uconsulting.nl elektron manziliga xabar yuborib, arizangiz haqida so’rang.

Hujjat topshirish uchun CV va motivatsion xatni office@uconsulting.nl elektron manziliga yuboring. Xatingizga “Fellowship in Amsterdam (Summer Internship)” deb sarlavha qo’ying.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!