×

FIBA Contest 2021: basketbol o’yinini suratga oling va 3 318 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

15.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1146 marta

Suratkashlar uchun FIBA Contest 2021 fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov mavzusi: “Urban Culture & Basketball”. Tanlovga basketbol o’yini tushirilgan fotosuratlar qabul qilinadi. Tanlovning maqsadi turli millat, irq va yosh vakillarini bir o’yinda birlashtirgan basketbolning o’ziga xosligi va bu o’yin o’ynalayotgan shaharlarni eng go’zal va original usulda fotosuratga muhrlagan suratkashlarni taqdirlash. Ishtirok etish uchun basketbol o’yini ko’rsatilgan fotosuratlarni tanlovga jo’nating.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun CHF 3000 (3 318 AQSh dollari) pul mukofoti;
  • 2-o’rin uchun CHF 1500 (1 659 AQSh dollari) pul mukofoti;
  • 3-o’rin uchun CHF 1000 (1 106 AQSh dollari) pul mukofoti;
  • 4-o’rin uchun tanlov tashkilotchilari sovg’asi beriladi.

Talablar:

  • Tanlovda yoshi va fuqaroligidan qat’i nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga topshirilgan surat ishtirokchining o’zi tomonidan tushirilgan bo’lishi kerak.
  • Bitta ishtirokchi 3 tagacha surat bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga faqat fotosuratlar qabul qilinadi. Chizilgan yoki foto kameradan boshqa qurilma yoki dasturlar orqali yaratilgan rasmlar qabul qilinmaydi.
  • Formati: JPG/JPEG; hajmi: 4 MB-20 MB; o’lchami: kamida 5 million piksel bo’lishi zarur.
  • Suratda savdo belgilari, matn va shu kabi elementlar bo’lmasligi kerak. Barcha qoidalar bilan bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda 15-maygacha ishtirok etish mumkin. Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Tanlovda ilgari g’olib chiqqan suratlar galereyasi:

2020-yil

2019-yil

2018-yil

2017-yil

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!