Osiyo Taraqqiyot Bankining Filippindagi Manila shahrida joylashgan Central and West Asia Department boʻlimi energiya va enetgetika sohasi mutaxassislarini Intern – Energy Division stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Filippinning Manila shahrida joylashgan departamentda amaliyot oʻtaydi. Dastur 2020-yil yanvarda boshlanadi va 16 hafta davom etadi. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod ayni vaqtda energetika, ekologiya yoki energetika samaradorligi boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Amaliyot mavzusi: “Improving awareness for Energy Efficiency in Central Asia”.
Grant kimlar uchun?
Energiya samaradorligi sohasida oʻqiyotgan magistr va doktorantlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari uchun kunlik 69 USD(oyiga taxminan 2 070 USD) stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod ADB a’zosi boʻlgan istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod energetika, ekologiya, energiya samaradorligini oshirishga mos keladigan turdosh soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
- Nomzod energetika masalalari boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
- Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
- Nomzod ayni vaqtda energetika, ekologiya yoki energetika samaradorligi kabi mos keladigan turdosh soha boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
- Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 15-sentabrgacha.
- Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
- Hujjat topshirish uchun avval ADB(ACES) saytidan roʻyxatdan oʻtish kerak.
- Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply for this Vacancy yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
- ““Attachments””ga soʻraglan hujjatlarni yuklang.
- Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.
Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):
- CV/resume.
- Ayni vaqtda magistratura/PhD kursida oʻqiyotganlik haqida ma’lumotnoma.
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
- Esse. Har bir savol boʻyicha 1500 tagacha soʻz hajmda esse yozib MS Word yoki PDF formatda tizimga joylaysiz. Esse mavzulari:
- Describe one example of your experience that demonstrated your interest in working in ADB.
- Highlight your qualifications that will help accomplish this internship assignment (e.g., coursework, research, work experience, etc.).
- Shaxsiy ma’lumotlar soʻralishi mumkin.
- Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
- Ish tajribasi haqida soʻralishi mumkin.
Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Murojaat uchun: shu yerga murojaat qiling, yoki:
6 ADB Avenue, Mandaluyong City 1550, Metro Manila, Philippines
Telefon: +63 2 632 4444; +63 2 636 2444