×

Finlandiya: magistratura uchun 14ta to’liq grant va 620 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

3735 marta

Sharqiy Finlyandiya Universiteti chet ellik talabalar uchun magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar dasturini taklif qiladi. Grant talabalar uchun to’lov-kontrakt pulini to’liq yoki qisman to’lab berishni nazarda tutadi.

Axborot texnologiyalari bo’yicha magistrlik dasturi (The Master’s Degree Programme in Information Technology – IMPIT) Yevropa standartlari bo’yicha ikki yillik magistrlik darajasini taklif qiladi. O’qishni tamomlagan aksariyat talabalar “Finnish ICT company” tomonidan ish bilan ta’minlanadi

Grant kimlar uchun?

Axborot texnologiyalari sohasida bakalavrlik diplomiga ega yoki shu sohada universitetda 4-bosqichda o'qiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet Axborot texnologiyalari bo’yicha magistrlik dasturiga hujjat topshiruvchi xorijlik talabalarga bir qancha grant dasturlarini taklif etadi.

1-grant dasturi bo’yicha talabaga kontrakt summasi to’liq to’lab beriladi va 620 yevro oylik stipendiya bilan ta’minlanadi. Ba’zi hollarda talaba kontrakt pulidan ozod qilinmasdan faqat oylik stipendiya bilan ta’minlanishi mumkin. Ushbu grant 14 nafar talabaga ajratiladi.

2-grant dasturi bo’yicha talaba kontrakt summasining 100 foizi yoki 80 foizi qoplab beriladi.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Yevropa ittifoqi tarkibiga kirmaydigan har qanday davlat fuqarolari

Talablar:

Mazkur dasturga ariza topshirish uchun talablar:

  • Yevropa ittifoqi tarkibiga kirmaydigan har qanday davlatdan bo’lgan bakalavr darajasiga ega shaxslar ariza topshirishlari mumkin;
  • Quyidagi sohalardan biri bo’yicha bakalavr diplomiga ega bo’lish: Informatika, aloqa muhandisligi yoki teng darajadagi kamida uch yillik to’liq oliy ta’lim
  • Ingliz tili talablari –TOEFL PBT / iBT: 580/90, IELTS umumiy 6.5, PTE: 59 (TOEFL, IELTS va PTE sertifikatlari chiqarilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida amal qiladi va qabul davomida muddati o’tmagan bo’lishi lozim)

Talabla bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

  • Diplom ilovasining ingliz tiliga rasmiy tarjima qilingan nusxasi.
  • Bakalavr diplomining nusxasi (ingliz tiliga tarjiam qilingan holda). Hozirda 4-kursda o’qiyotgan talabalar diplom o’rniga universitetda 2019-yil yozida universitetni bitirishi haqida ma’lumotnoma topshirishi kerak bo’ladi. Shuningdek, 4-kurs talabalari hozirgacha olgan baholar ro’yxatining ingliz tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan ro’yxatini taqdim qilishi kerak.
  • Motivatsion insho.
  • Ariza beruvchining o’zini tanishtiruv videolavhasi (videolavha youtube / vimeo / tudou kabi videofilm xizmatiga yuklangan bo’lishi lozim. Videoga havola (URL) ariza formasiga qo’shilishi kerak. Videoning maksimal davomiyligi 2 minut. Videoga havola qilinayotgan shaxsning kirish, ta’lim olish tarixi va mumkin bo’lgan mahorati kiradi). Ushbu videoni 2019-yilning 5-apreligacha ko’rish mumkin bo’lishi kerak.
  • Tavsiyanoma (nomzod o’qigan universitet a’zosidan).
  • Til bilish darajasini isbotlovchi sertifikat (IELTS/TOEFL).
  • Pasport nusxasi / shaxni tasdiqlovchi boshqa turdagi hujjat.
  • Agar nozmod tomonidan yozilgan ilmiy ishlar bo’lsa, ularga link (Ingliz tilida bo’lishi kerak). Lekin bu majuriy hujjat emas.

Arizalar onlayn tarzda to’ldiriladi. Pochta orqali yuborilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi. Hujjat topshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Dastlab nomzod qabul talablariga mos kelishini va yuqorida sanalgan barcha hujjatlari mavjudligini tekshirishi kerak.
  2. So’ng onlayn ariza to’ldiriladi va yuqorida sanab o’tilgan hujjatlar skaner qilinib, ariza to’ldirishda onlayn tarda yuklanadi.
  3. To’ldirilgan ariza va yuklangan hujjjatarni 2019-yilning 31-yanvaridan kechiktirmay topshirish («Submit» qilish) kerak.

Sharqiy Finlyandiya Universiteti Finlyandiyada tashkil topgan, Joensuu, Kuopio va Savonlinna shaharlaridagi uchta kampusli universitetdir. 2010-yilda ikkita alohida mustaqil universitetlarning birlashuvi yo’li bilan tashkil etilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!