×

Finlandiya: bakalavr va magistratura kurslari uchun 100% gacha grantlar!


Grant

MUHLAT

20.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

5169 marta

Finlandiyada joylashgan University of Oulu universiteti tomonidan taqdim etiladigan International Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Oulu universitetiga o’qishga kirgan xorijlik talabalarga beriladi. Bunda bakalavr va magistratura kurslari nazarda tutiladi. Barcha kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaning o’qish to’loviga 50%, 75% va 100% chegirma qilinadi. Agar talabaning baholari pasayib ketmasa, grant har yili beriladi. Yashash xarajatlari va o’qish to’lovidan boshqa to’lovlar uchun talabaning o’zi mas’ul bo’ladi. Kontrakt qancha?

Talablar:

  • Nomzod bakalavr kursiga o’qishga kirish uchun maktab, litsey yoki kollejni, magistraturaga o’qishga kirish uchun esa bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan bakalavr yoki magistratura kursi qabul talablariga mos bo’lishi kerak. Bunda kerakli kursni tanlab, qabul talablari bilan tanishib chiqish zarur.
  • Nomzodga necha foizli grant berilishi u erishgan yutuqlarga ko’ra belgilanadi. Yuqori baho va yutuqlarga ega nomzodlarning grant yutish ehtimoli balandroq.
  • Ba’zi bakalavr kurslariga qabul uchun SAT testi natijalari ham talab qilinadi.
  •  Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida TOEFL iBT 92, IELTS 6,5 yoki bu yerdagi testlar zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Oulu universitetiga 2021-yil 7-yanvardan 20-yanvargacha hujjat topshirilgan barcha nomzodlar grant uchun da’vogarlik qiladilar. Arizalar bu yerda topshiriladi.

Hujjat topshirish oldidan bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Kerakli hujjatlar:

  • Diplom va baholar (bakalavr va magistratura uchun) ingliz, shved yoki fin tilidagi tarjimalari bilan;
  • Til sertifikati;
  • Pasport nusxasi;
  • SAT testi natijasi (agar kerak bo’lsa). Batafsil

Murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!