×

Finlandiya: Kimyo boʻyicha oxirgi kursda oʻqiyotganlar uchun tanlov; pul mukofoti – 5 000 yevrogacha; gʻolib Finlandiyaga sayohat qiladi!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

2193 marta

Borealis kompaniyasi olefin, poliolefin va tayanch kimyoviy moddalar tadqiqoti boʻyicha yozilgan eng yaxshi bitiruv malakaviy ishlari (thesis)ni aniqlash va taqdirlash maqsadida 2021-yilgi Borealis Student Innovation Award xalqaro tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Borealis tanlovini dunyoning plastik, oʻgit va boshqa kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlgan Borealis kompaniyasi tashkil etib keladi. Bu kompaniyaning 120 dan otiq davlatlarda filiallari bor va tanlov orqali kompaniya sohadagi qobiliyatlarni aniqlab, ragʻbatlantirishni reja qilgan. Tanlovga olefin, poliolefin va boshqa asosiy kimyoviy moddalar mavzularida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarini tamomlashda qiligan tadqiqotlar, ya’ni bitiruv malakaviy ishlari taqdim etilishi mumkin. Diplom ishlari (tadqiqot ishlari) quydagi yoʻnalishlarda qabul qilinadi:

  • Polyolefin catalysts
  • Olefin and polyolefin processes
  • Polyolefin polymer properties
  • Enhanced olefin analysis and polyolefin characterization methods
  • Polyolefin applications
  • Sustainability in or with polyolefins or base chemicals (i.e. circular economy, recycling, etc.)
  • Discoveries in the polyolefin world that have a practical relevance for society
  • Base chemical processes (ammonia, nitric acid, fertilizer, urea, melamine, phenol)

Grant kimlar uchun?

Olefin, poliolefin va tayanch kimyoviy moddalar tadqiqoti boʻyicha oliygohlarning oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Borealis innovatsiya tanlovi gʻolibiga aylangan uch nafar gʻolib (bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichidan bittadan eng yaxshi ishlar egalari)ga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Sertifikat beriladi.
  2. 2021-yil may oyida Borealis’ning Finlandiyaning Polvu shahrida joylashgan ofisiga sayohat qilish imkoniyati.
  3. Undan tashqari, gʻoliblarga pul mukofotlari ham topshiriladi – doktorlik bitiruv malakaviy ishi uchun 5 000 yevro, magistrlik bitiruv malakaviy ishi uchun 2 000 yevro va bakalavriat bitiruv malakaviy ishi uchun 1 000 yevro miqdorida taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan vakillar bu grantga ariza bera oladi.
  2. Tanlovda kimyo, polimerlar kimyosi va plastik, oʻgitlar,poliofelin va olefin va shunga aloqador sohalarda tahsil olayotgan koʻngillilar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Tanlovga topshiriladigan ishlar yozilganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi va 2021-yil fevralgacha yozib tugallanishi shart.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2021-yil 1-martga qadar qabul qilinadi. Topshirilgan ishlar ingliz tilida boʻlishi kerak. hujjat topshirish uchun StudentInnovationAward@borealisgroup.com elektron manziliga quyidagi hujjatlarni soʻnggi muhlatdan kechiktirmay joʻnatish kerak:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Bitiruv malakaviy ishi (tadqiqot/thesis) haqida 2 sahifa hajmdagi abstrakt.
  3. CV/resume.

Ma’lumot uchun: +43 1 22 400 300 raqamiga murojaat qilishingiz va rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!