Finlandiyaning Abo Akademi universiteti (Åbo Akademi University) magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash.
Grant quyidagi sohalar uchun ajratiladi:
Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: 4 ta.
Grant kimlar uchun?
Magistrlik bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dasturga qabul qilingan nomzod 18720 yevro miqdoridagi stipendiyani qo’lga kiritadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu dasturga ariza topshirish uchun dastlab Abo Akademi universitetiga hujjat topshirish va ushbu universitetga qabul qilinish lozim. Bunda SHU YERDAN kerakli yo’nalishni tanlashingiz mumkin. Nomzodga qo’yilgan talablar yo’nalishga qarab farq qilishi mumkin va nomzodlar ushbu talablar bilan o’zlari tanishib olishlari lozim.
Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak. Shuningdek har bir nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga (IELTS, TOEFL) ega bo’lishi lozim. IELTS umumiy 6.5 ball va hech bir bo’lim 5.5 balldan past bo’lmasligi kerak.