×

Finlandiya: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 10 000 yevro!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

5211 marta

Finlandiyada joylashgan Helsinki universiteti 2021-yil kuzgi semestrda boshlanuvchi kurslarda oʻqishni istagan nomzodlardan Scholarship Programme dasturi doirasida bir nechta grantlarga hujjat qabul qilishni boshladi. Ushbu universitet xalqaro talabalarga bir qancha stipendiyali dasturlarni taqdim etadi.

Nomzod universitetda mavjud boʻlgan har qanday magistrlik yoʻnalishini tanlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi yiliga taxminan 13 000-18 000 yevroni tashkil qiladi.

Grant yutib olgan talabalarga Helsinki universiteti bir qancha stipendiya dasturlarini taklif etadi (2 yil davomida har yili beriladi):

  1. Toʻliq grant – kontrakt puli toʻliq qoplanadi va 10 000 yevro yillik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  2. Kontrakt uchun grant – kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi, stipendiya berilmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Helsinki universiteti magistrlik darajasi uchun belgilangan talablarga javob berishi kerak. Ushbu talablar magistrlik yoʻnalishiga qarab farq qilishi mumkin. Talablar bilan universitet saytiga kirib, kerakli magistrlik yoʻnalishini tanlab tanishib chiqish mumkin.
  • Nomzod magistrlik yoʻnalishiga kontrakt asosida qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Finlandiya vizasi berilishi uchun hech qanday toʻsiqqa ega boʻlmasligi kerak.
  • Ingliz tilida oʻqimoqchi boʻlganlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS yoki TOEFL) ga ega boʻlishi lozim. Ballarga boʻlgan talab magistrlik yoʻnalishiga qarab farq qilishi mumkin.
  • Grant keyingi yil ham berilishi uchun birinchi yili yaxshi oʻqishi kerak boʻladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Magistratura kursiga hujjat topshirgan nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. Magistratura kurslariga hujjat topshirish taxminan dekabrda boshlanadi va taxminan 15-yanvargacha davom etadi. Magistratura kurslarga qabul ochilish va yopilish sanalari har xil bo’lishi mumkin. Shuning uchun avvaliga bu yerdan magistratura kurslari va hujjat topshirish sanalarini ko’rib chiqing. Hujjat topshirish tugmasi ham kurs sahifalarida bo’ladi.

Kursga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Grantga ariza berish Helsinki universitetining ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik yoʻnalishlaridan biriga hujjat topshirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
  2. Hujjat topsirishdan avval yoʻriqnomani diqqat bilan oʻqib chiqing.
  3. Magistrlik yoʻnalishlari va stipendiya dasturi uchun soʻralgan barcha hujjatlar taqdim qilinishi lozim.
  4. Oʻzingiz kerakli boʻlgan magistrlik yoʻnalishini tanlang.
  5. How to apply sahifasida ushbu yoʻnalishga qanday qilib hujjat topshirish mumkinligi haqidagi koʻrsatmani oʻqib chiqing va kerakli hujjatlarni onlayn tarzda yuklang.
  6. Bir vaqtning oʻzida yuqorida sanab oʻtilgan grant dasturlari uchun ham ariza topshiring va soʻralgan hujjatlarni yuklang. Grantga qanday qilib ariza berish haqida esa: shu yerda tanishing.
  7. Hammasi tayyor boʻlgach, «Submit» tugmasini bosing.

Batafsil: shu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!