×

Finlandiya: OAV xodimlari va jurnalistlar uchun bir haftalik dastur; joy – 14 ta!


Grant

MUHLAT

19.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

1540 marta

Finlandiyaning Tashqi Ishlar Vazirligi 1990-yildan beri xalqaro jurnalistlar uchun thisisFINLAND Foreign Correspondents’ Programme (FCP) dasturini tashkillashtirib keladi. Dastur Argentina, Avstraliya, Chili, Efiopiya, Tanzaniya, Angola / Namibiya, Tunis, Isroil, Belorusiya, Oʻzbekiston, Turkiya, Vengriya, Polsha va Buyuk Britaniya malakatlari fuqarolari/doimiy rezidentlari uchun moʻljallangan. Dasturda radio, televideniye, yozma va onlayn nashrlar, mediya kompaniyalari jurnalistlari, tajribali bloggerlar, endigina faoliyatini boshlagan intiluvchan yosh jurnalistlar yoki ish tajribasiga ega boʻlgan, oʻqishni yaqinda bitiradigan talabalar qatnashishlari mumkin. Navbatdagi dastur 2020-yil 7-13 iyun kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Qatnashchilar bir hafta davomida uglerod neytralligiga erishishning yangi echimlari, Finlandiyaning inson huquqlariga asoslangan tashqi siyosati va Finlyandiya jamiyatidagi tenglik haqida bilib oladilar, musaffo tabiat, sauna urf-odatlari hamda jonli shahar madaniyati bilan toʻgʻridan-togʻri tanishishga mufaffaq boʻladilar. Dasturga 14 nafar jurnalist qabul qilinadi

Grant kimlar uchun?

radio, televideniye, yozma va onlayn nashrlar, mediya kompaniyalari jurnalistlari, tajribali bloggerlar, endigina faoliyatini boshlagan intiluvchan yosh jurnalistlar yoki ish tajribasiga ega boʻlgan, oʻqishni yaqinda bitiradigan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur qatnashchilarni quyidagilar bilan ta’minlaydi:

  1. Finlyandiyaga borish va kelish xarajatlari
  2. Xelsinki shahridagi mahalliy sayohat
  3. Turar joy
  4. Kundalik dasturga kiritilgan xarajatlar: transport va baʻzi oziq-ovqatni oʻz ichiga oladi.

Dastur tibbiy sugʻurta, kundalik xarajatlar uchun mablagʻ yoki dasturda qayd etilmagan ovqatlanishni oʻz ichiga olmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod yuqoridagi davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod radio, televideniye, yozma/onlayn nashrlar, mediya kompaniyasi jurnalisti, tajribali blogger, endigina faoliyatini boshlagan intiluvchan yosh jurnalist yoki ish tajribasiga ega boʻlgan, oʻqishni yaqinda bitiradigan talaba boʻlishi mumkin.
  3. Nomzod ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak (ham ogʻzaki ham yozma).
  4. Nomzod yangi narsalarni oʻrganishga, turli madaniyat vakillari bilan uchrashishga va bir haftada davomida chet elda boʻlishga qiziqish bildirishi kerak.
  5. Nomzod Finlyandiyaning umrbod doʻsti boʻlib qolishdan mamnun boʻlishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar ITA-21@formin.fi manziliga e-mail orqali yuboriladi. Hujjatlar 2020-yilning 19-martidan kechiktirmay topshirilishi lozim. Kerakli hujjatlar:·     Ariza.·     CV (rasm bilan birga).·     Nomzodning Finlandiyaga qiziqishini ifodalovchi esse (600-800soʻzdan iborat) yoki qisqa video (2-3 munitlik) uchun havola (link).Natijalar 2020-yil 19-aprelda eʻlon qilinadi.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va shu yerdan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!