×

Finlandiya: PhD bosqichi uchun 3 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi; stipendiya – 1 600 yevro!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

2978 marta

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tashkil etilgan United Nations Universityning bir qismi boʻlgan World Institute for Development Economics Research doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilardan 2020-yilgi Visiting PhD Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Dastur uch oy muddat davom etadi. Grant yutib olgan nomzodlar shu muddat ichida Finlandiyaning Xelsinki shahrida tadqiqot olib boradilar. Nomzodlar odatda bir necha tadqiqot ishlari tayyorlab, seminarlar tashkil etadilar. Grant yutib olgan nomzodlar oʻz ishlarini universitet ish hujjatlari sahifasida namoyish etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur grant yutib olgan nomzodga 3 oygacha muddatda quyidagi imtiyozlarni beradi:

  1. Nomzodning yurtidan Finlandiyagacha borish-kelish xarajatlar
  2. Nomzodga har oyda 1 600 yevro stipendiya
  3. Nomzodga tibbiy sugʻurta olib beriladi.
  4. Nomzodning turar joy, ovqatlanish, yashash kabi barcha xarajatlari

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi
  • Saralashda rivojlanayotgan davlatlar (Oʻzbekiston kiradi) fuqarolari va ayol nomzodlarga koʻproq imkon beriladi.
  • Nomzod iqtisodiyot sohasi vakili boʻlgani maqsadga muvofiq. Ammo boshqa ijtimoiy fanlar boʻyicha ishlayotgan nomzodlar ham ariza bera oladilar.
  • Nomzod oʻz yurtida PhD darajasini olish uchun dokrotanturaga oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Doktoranturani bitirgan yoki endi kirmoqchi boʻlganlar ariza bera olmaydi.
  • Nomzod ogʻzaki va yozma ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  • Tadqiqot ishini yaqinda boshlagan nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.

Talablar haqidagi batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish yilda ikki marta qabul qilinadi. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 31-mart.

Hujjatlar onlayn tarzda taqdim etiladi. Hozir bu grantga qabul yopiq. Hujjatlarni qabul qilish uchun ilova 2020-yil 1-martdan shu yerda ochiladi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda ariza.
  2. Research proposal. Bu hujjat tarkibi haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda. Hujjat PDF formatida topshiriladi. Fayl hajmi 1 mb dan oshmasligi kerak.
  3. CV/rezyume.
  4. Chop ettirilgan ilmiy islar roʻyxati. Nashrlarning chop ettirilgan yili, nashr nomi va agar hammualliflar boʻlsa, ularning ham ismi-sharifi koʻrsatilishi kerak.
  5. Ilmiy rahbardan tavsiyanoma. Tavsiyanomani ilmiy rahbarning oʻzi phdreference@wider.unu.edu elektron manziliga joʻnatishi talab qilinadi.
  6. Nomzodning ta’lim olayotgan oliygohdan ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilish kerak.

Ariza topshirish jarayonida texnik nosozliklar yuz bersa webinfo@wider.unu.edu manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar taqdim etgan tadqiqot mavzusining dolzarbligi, til bilish darajasi, akademik koʻrsatkichlari, ilmiy salohiyati, sohaga oid bilim va tajribasiga asosan saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dedlayndan toʻrt hafta oʻtib xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:  phdfellow@wider.unu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!