×

Finlandiya: Magistratura kurslari uchun 80 foizli grant!


Grant

MUHLAT

22.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

2298 marta

Sharqiy Finlyandiya Universiteti chet ellik talabalar uchun magistratura bosqichida tahsil olish uchun 2020-yilgi Tuition Fee Waiver Scholarship grantlar dasturini taklif qiladi. Grant barcha soha boʻyicha oʻqishga kirgan magistatura talabalari uchun toʻlov-kontrakt pulini qisman toʻlab berishni nazarda tutadi.

Sharqiy Finlyandiya Universiteti Finlyandiyada tashkil topgan, Joensuu, Kuopio va Savonlinna shaharlaridagi uchta kampusli universitetdir. 2010-yilda ikkita alohida mustaqil universitetlarning birlashuvi yoʻli bilan tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet  magistrlik dasturlariga hujjat topshiruvchi xorijlik talabalarga bir qancha grant dasturlarini taklif etadi.

Grant dasturi boʻyicha talaba kontrakt summasining 80 foizi qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Yevropa ittifoqi tarkibiga kirmaydigan har qanday davlatdan boʻlgan bakalavr darajasiga ega shaxslar ariza topshirishlari mumkin;
  • Quyidagi sohalardan biri boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlish: Informatika, aloqa muhandisligi yoki teng darajadagi kamida uch yillik toʻliq oliy ta’lim
  • Ingliz tili talablariTOEFL PBT / iBT: 580/90, IELTS umumiy 6.5, PTE: 59 (TOEFL, IELTS va PTE sertifikatlari chiqarilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida amal qiladi va qabul davomida muddati oʻtmagan boʻlishi lozim)

Talablar bilan batafsil shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet magistraturasida oʻqish uchun beriladi. Shu sababli avval magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. Hujjatlar 2020-yil 2-dekabrdan 22-yanvarga qadar qabul qilinadi. Hozir qabul yopiq.

Kursga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Arizalar onlayn tarzda toʻldiriladi. Pochta orqali yuborilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
  2. Dastlab nomzod qabul talablariga mos kelishini va yuqorida sanalgan barcha hujjatlari mavjudligini tekshirishi kerak.
  3. Soʻng onlayn ariza toʻldiriladi va yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar skaner qilinib, ariza toʻldirishda onlayn tarda yuklanadi.
  4. Toʻldirilgan ariza va yuklangan hujjjatarni 2020-yilning 22-yanvaridan kechiktirmay topshirish («Submit» qilish) kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Diplom ilovasining ingliz tiliga rasmiy tarjima qilingan nusxasi.
  • Bakalavr diplomining nusxasi (ingliz tiliga tarjiam qilingan holda). Hozirda 4-kursda oʻqiyotgan talabalar diplom oʻrniga universitetda 2020-yil yozida universitetni bitirishi haqida ma’lumotnoma topshirishi kerak boʻladi. Shuningdek, 4-kurs talabalari hozirgacha olgan baholar roʻyxatining ingliz tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan roʻyxatini taqdim qilishi kerak.
  • Motivatsion insho.
  • Ariza beruvchining oʻzini tanishtiruv videolavhasi (videolavha youtube / vimeo / tudou kabi videofilm xizmatiga yuklangan boʻlishi lozim. Videoga havola (URL) ariza formasiga qoʻshilishi kerak. Videoning maksimal davomiyligi 2 minut. Videoga havola qilinayotgan shaxsning kirish, ta’lim olish tarixi va mumkin boʻlgan mahorati kiradi). Ushbu videoni 2020-yilning 5-apreligacha koʻrish mumkin boʻlishi kerak.
  • Tavsiyanoma (nomzod oʻqigan universitet a’zosidan).
  • Til bilish darajasini isbotlovchi sertifikat (IELTS/TOEFL).
  • Pasport nusxasi / shaxni tasdiqlovchi boshqa turdagi hujjat.
  • Agar nozmod tomonidan yozilgan ilmiy ishlar boʻlsa, ularga link (Ingliz tilida boʻlishi kerak). Lekin bu majuriy hujjat emas.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!