×

Finlandiyaning Lappeenranta texnologiya universiteti


Grant

MUHLAT

24.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

1782 marta

Finlandiyaning Lappeenranta texnologiya universiteti Yevropa Ittifoqi va Shvetsariyadan boshqa davlat fuqarolari bo’lgan xalqaro talabalar uchun stipendiya dasturini e’lon qildi. Ushbu stipendiya Texnologiya va Biznes boshqaruvi (Business Amdinistration) oid barcha sohalarga topshirgan talabalarga berilishi mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Xorijiy talabalarga berilishi mo’ljallangan stipendiya turlariuch xil:

  1. Ikki yillik magistratura bosqichida o’qish pulining (tuition fee) 50 foizi to’lab beriladi.
  2. Ikki yillik magistratura bosqichida o’qish pulining (tuition fee) 100 foizi to’lab beriladi.
  3. Ikki yillik magistratura bosqichida o’qish pulining (tuition fee) 100 foizi to’lab beriladi hamda Finlandiyada hayot kechirish uchun 5600 yevro miqdoridagi yillik stipendiya ajratiladi.

Stipendiya ajratiladigan talabalar soni oldindan belgilanmagan.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Yevropa Ittifoqi va Shvetsariyadan boshqa davlat fuqarolari uchun

Talablar:

Ingliz tiliga qo’yilgan talablar:

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod ushbu stipendiyaga hujjatlarni magistrlik bosqichi dasturlaridan biriga hujjat topshirish bilan bir vaqtda topshiradi. Yuqorida sanab o’tilgan stipendiya turlari alohida tanlanib, hujjat topshirilmaydi. Nomzodning qaysi stipendiya kategoriyasiga tushishi universitet kengashi tomonidan aniqlanadi.

Shuningdek, stipendiya uchun alohida topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar mavjud emas. Magistrlik dasturiga topshirilgan hujjatlarning o’zi yetarli. Yodda tutish lozimki, nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim.

Magistratura dasturiga so’raladigan hujjatlar tanlangan yo’nalishga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli, oldindan yo’nalishni tanlab, qanday hujjatlar kerakligini aniqlab olish zarur. Ariza onlayn topshiriladi. Onlayn ariza topshirish uchun, dastlab, magistratura kurslaridan biri tanlanadi va onlayn hujjat topshirish jarayoni boshlanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!