×

Finlyandiya: bakalavr va magistratura kurslari uchun 50%gacha grantlar


Grant

MUHLAT

30.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

2704 marta

Finlyandiyada joylashgan Tampere University of Applied Sciences (Tampere Amaliy Fanlar Universiteti) universitetida o’qitiladigan bakalavr va magistratura kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Kursga ariza topshirib, xorijlik talabalar uchun ajratilgan qisman grantlarni yutib olish imkoniyati ham mavjud. Tampere universiteti amaliy fanlarga ixtisoslashgan bo’lib, unda quyidagi kurslarda ta’lim olish mumkin:

Bakalavr kurslari

Magistratura kurslari

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bakalavr kurslari uchun:

  1. “Early Bird” dasturi bo’yicha o’qish to’lovining 50% qismi qoplab beriladi.
  2. Academic Award dasturi bo’yicha o’qish to’lovining 25% dan 50% gacha qismi qoplab beriladi.

Magistratura kurslari uchun:

  1. “Early Bird” dasturi bo’yicha o’qish to’loviga 1500 yevro chegirma qilinadi (talaba magistratura kursi to’lovini bir martada to’layotganda amal qiladi)
  2. Academic Award dasturi bo’yicha o’qish to’lovining 25% dan 50% gacha qismi qoplab beriladi.

Tampere universiteti kurslari uchun kontrakt to’lovi yiliga 8000-12000 yevro oralig’ida bo’ladi. Batafsil ma’lumot bu yerda. Eslatma: bu universitetdagi doktorantura kurslarida o’qish bepul.

Talablar:

  1. Nomzod xorijlik talaba bo’lishi kerak, ya’ni finlyandiyalik bo’lmasligi zarur.
  2. Nomzod Tampere universiteti bakalavr yoki magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak. Grantlar kursga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga belgilanadi.
  3. Bakalavr kursiga hujjat topshirgan nomzodlar majburiy ta’lim shahodatnomasiga, magistraturaga hujjat topshirgan nomzodlar bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  4. Magistratura kurslariga qabul qilinish uchun hujjat topshirilayotgan sohada kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lish ham talab qilinadi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza talab qilinmaydi. Bakalavr yoki magistratura kursiga o’qishga hujjat topshirgan nomzodlar ichidan kursga muvaffaqiyatli qabul qilingan barchasi avtomatik ravishda grant uchun ko’rib chiqiladi.

Ariza uchun tayyorlanishi kerak hujjatlar:

  1. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (bakalavr kurslari uchun talab etiladi. Magistratura kurslari uchun ingliz tilini bilish darajasi suhbat orqali aniqlanadi).
  2. Motivatsion xat.
  3. CV yoki rezyume.
  4. Pasport nusxasi.
  5. Majburiy ta’limni tamomlaganlik shahodatnomasi baholari bilan.
  6. YOKI bakalavr kursi diplomi baholari bilan.

Bakalavr va magistratura kurslariga ariza topshirish jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishing. Hozirda 2020-yilgi magistratura kurslariga qabul nihoyasiga yetgan va 2021-yilda boshlanadigan kurslarga qabul boshlanmagan. Bakalavr kurslariga esa hujjatlar 2020-yil 3-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!