×

Finlyandiya: PhD bosqichi uchun 3 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi; stipendiya – 1 600 yevro!


Grant

MUHLAT

30.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

2627 marta

World Institute for Development Economics Research doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilardan Visiting PhD Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Institut Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tashkil etilgan United Nations Universityning bir qismi hisoblanadi.

Dastur uch oy muddat davom etadi. Grant yutib olgan nomzodlar shu muddat ichida Finlandiyaning Xelsinki shahrida tadqiqot olib boradilar. Nomzodlar odatda bir necha tadqiqot ishlari tayyorlab, seminarlar tashkil etadilar. Grant yutib olgan nomzodlar o`z ishlarini universitet ish hujjatlari sahifasida namoyish etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur grant yutib olgan nomzodga 3 oygacha muddatda quyidagi imtiyozlarni beradi:

  1. Nomzodning yurtidan Finlandiyagacha borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
  2. Nomzodga har oyda 1 600 yevro stipendiya beriladi.
  3. Nomzodga tibbiy sug`urta olib beriladi.
  4. Nomzodning turar joy, ovqatlanish, yashash kabi barcha xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi
  • Saralashda rivojlanayotgan davlatlar (O`zbekiston kiradi) fuqarolari va ayol nomzodlarga ko`proq imkon beriladi.
  • Nomzod iqtisodiyot sohasi vakili bo`lgani maqsadga muvofiq. Ammo boshqa ijtimoiy fanlar bo`yicha ishlayotgan nomzodlar ham ariza bera oladilar.
  • Nomzod o`z yurtida PhD darajasini olish uchun dokrotanturaga o`qiyotgan bo`lishi kerak. Doktoranturani bitirgan yoki endi kirmoqchi bo`lganlar ariza bera olmaydi.
  • Nomzod og`zaki va yozma ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  • Tadqiqot ishini yaqinda boshlagan nomzodlarga ko`proq imkoniyat beriladi.

Talablar haqidagi batafsil: SHU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish 2019-yil 1-sentabrdan 30-sentabrgacha amalga oshiriladi. Hujjatlar onlayn tarzda taqdim etiladi. Hozir bu grantga qabul yopiq. Hujjatlarni qabul qilish uchun ilova 2019-yil 1-sentabrdan ochiladi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda ariza.
  2. Research proposal. Bu hujjat tarkibi haqida to`liq ma’lumot: SHU YERDA. Hujjat PDF formatida topshiriladi. Fayl hajmi 1 mb dan oshmasligi kerak.
  3. CV/rezyume.
  4. Chop ettirilgan ilmiy islar ro`yxati. Nashrlarning chop ettirilgan yili, nashr nomi va agar hammualliflar bo`lsa, ularning ham ismi-sharifi ko`rsatilishi kerak.
  5. Ilmiy rahbardan tavsiyanoma. Tavsiyanomani ilmiy rahbarning o`zi phdreference@wider.unu.edu elektron manziliga jo`natishi talab qilinadi.
  6. Nomzodning ta’lim olayotgan oliygohdan ma’lumotnoma so`ralishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilish kerak.

Ariza topshirish jarayonida texnik nosozliklar yuz bersa webinfo@wider.unu.edu manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar taqdim etgan tadqiqot mavzusining dolzarbligi, til bilish darajasi, akademik ko`rsatkichlari, ilmiy salohiyati, sohaga oid bilim va tajribasiga asosan saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dedlayndan to`rt hafta o`tib xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:  phdfellow@wider.unu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!