×

First Crime Novel Competition: qotillik haqida roman yozib, 10 000 AQSh dollari egasiga aylaning!


Grant

MUHLAT

01.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1841 marta

Havaskor yozuvchilar uchun St. Martin’s Minotaur/ Mystery Writers of America First Crime Novel Competition tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov rivojlanib kelayotgan, hali shaxsiy asarlari chop etilmagan yozuvchilar uchun mo’ljallangan.

Tanlovda ishtirok etish uchun 220 bet yoki 60 000 so’zdan oshmagan kriminal roman yozish zarur (roman hajmi 40 000 so’zdan kam bo’lmasligi kerak). Roman voqealari qotillik ishi atrofida shakllantirilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olib tanlov tashkilotchisi hisoblangan Minotaur Books bilan shartnoma tuzishi kerak bo’ladi. Shartnomaga asosan roman Minotaur Books tomonidan chop etiladi, muallifga esa 10 000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi. G’olib Nyu York shahrida o’tkaziladigan marosimga taklif qilinadi. 

Talablar:

  • Tanlovda 18 yoshdan oshgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. 
  • Tanlovga bitta ishtirokchi bitta roman taqdim etishi mumkin.
  • Ishtirokchining kitoblari ilgari keng omma uchun chop etilmagan bo’lishi kerak. O’z ishlarini o’zi chop ettirgan mualliflar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga topshirilgan roman 40 000 so’zdan kam bo’lmasligi va 60 000 so’zdan oshmasligi zarur.
  • Tanlov g’olibi tanlov tashkilotchisi Minotaur Books bilan nashr uchun shartnoma tuzishi ixtiyoriy hisoblanadi. Shartnoma tuzilgan holda muallifga mukofot puli beriladi (10 000 AQSh dollari). 
  • Romanlar ingliz tilida bo’lishi yoki tarjimasi bilan yuborilishi kerak.
  • Tanlovning mualliflik huquqiga oid boshqa shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 1-yanvargacha topshirishingiz mumkin. Tanlovga topshirilayotgan roman “nom_muallif” shaklida nomlangan bo’lishi (masalan, “LolaSodiqova_Qasos”) PDF formatida saqlangan bo’lishi, satrlar oralig’i 2 bo’lishi, barcha betlar raqamlangan bo’lishi kerak. Arizani imkon qadar erta yuboring, chunki ertaroq yuborilgan arizalarni hay’at a’zolari ko’proq diqqat bilan o’qib chiqishadi. Arizalar bu yerda to’ldiriladi. Natijalar 31-martgacha e’lon qilinadi. 

Eslatma: tanlov tashkilotchilariga o’z nomingizga ochilgan emailni yuboring. Agar roman muallifi shaxsini tasdiqlashga zarurat tug’ilsa, email egasi roman muallifi deb qabul qilinadi. 

Murojaat uchun: MB-MWAFirstCrimeNovelCompetition@StMartins.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!