×

First-Year Merit Scholarships: AQShda bakalavr kurslari uchun 20 000 AQSh dollarigacha grantlar – qabul uchun ACT yoki SAT talab etilmaydi!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2453 marta

AQShda joylashgan American University tomonidan taqdim etiladigan First-Year Merit Scholarships grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslari birinchi kursiga qabul qilingan, yuqori baholarga ega talabalar uchun ajratilgan. Universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

First-Year Merit Scholarship dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga taxminan 8 000 AQSh dollaridan 20 000 AQSh dollarigacha grant beriladi. Talabaning baholari pasayib ketmasa va universitet qoidalariga amal qilsa, grant talaba o’qishni bitirguniga qadar, 4 yil davomida har yili beriladi.  Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod maktabni (litsey, kollej) tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Merit grantlari odatda yuqori baholarga ega talabalar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Shuning uchun grant yutib olish uchun nomzodning baholar yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bakalavr kurslariga qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 80 talab etiladi. Yana qanday test natijalari qabul qilinadi?
  • Bakalavr kursiga qabul uchun ACT yoki SAT kabi test natijalarini topshirish majburiy emas, ixtiyoriy.
  • Nomzod bank hisobida o’qishning birinchi yili uchun kamida 70 231 AQSh dollari yoki undan ko’p miqdorda mablag’ borligini ko’rsata olishi kerak. Hatto nomzod grant yutish ehtimoli yuqori bo’lsa ham hisobida ko’rsatilgan miqdordagi mablag’ bo’lishi zarur. O’qishning keyingi yillari uchun ham har yili shuncha mablag’ talab etiladi. Bu mablag’ universitetga yuborilmaydi, shunchaki hujjat topshirish vaqtida nomzod kontrakt to’lovi, yashash xarajatlari va boshqalar uchun moliyaviy imkoni borligini ko’rsatishi kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Bakalavr kursiga hujjat topshirishning o’zi yetarli. Bakalavr kursiga hujjat topshirish uchun bu yerga bosing. Hujjat topshirishning so’nggi kuni 2021-yil 15-yanvar. O’qish 2021-yil kuzda boshlanadi. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!