×

Fizika va matematikaga qiziquvchilar uchun Toshkentda yozgi maktab: barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.05.2026

QOLGAN VAQT

20 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

545 marta

Toshkent shahridagi Milliy tadqiqotlar yadro universiteti Moskva muhandislik fizika instituti (MTYaU MMFI) 11-sinf oʻquvchilari va maktab, litsey va texnikum bitiruvchilari uchun maxsus yozgi maktab tashkil etmoqda. Ushbu yozgi maktab fizika va matematika fanlariga qiziqishi yuqori bo‘lgan, oliy taʼlimda tahsil olish uchun muhandislik va texnologiya yo‘nalishlarini tanlashni xohlovchilar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilar ushbu yozgi maktabda oʻzbek yoki rus tilida qatnashishni tanlashi mumkin (ariza topshirish vaqtida tegishli til tanlanadi).

Ushbu yozgi maktab 2 mavsumda oʻtkaziladi:

  • 1-mavsum: 2026-yil 8–24-iyun
  • 2-mavsum: 2026-yil 29-iyun – 5-iyul

Yozgi maktab davomida ishtirokchilar murakkab masalalarni tez va oson yechishni o‘rganadi, vaqtini foydali va mazmunli o‘tkazadi, yangi do‘stlar orttirib, unutilmas xotiralarga ega boʻladi. Mashgʻulotlar Toshkent sharida (MTYaU MMFI da) oʻtkaziladi.

Mazkur yozgi maktabga jami 100 nafar ishtirokchi (har bir mavsum uchun 50 nafardan) qabul qilinadi.

Ushbu yozgi maktab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi ko‘magi bilan tashkillashtiriladi.

Grant kimlar uchun?

11-sinf oʻquvchilari hamda maktab, litsey va texnikum bitiruvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirok etish bepul
  • Yoʻl xarajatlari (kelish va qaytish xarajatlari) qoplanadi
  • 1-kuni shahar boʻylab ekskursiya tashkil etiladi
  • Bepul yotoqxona taʼminlanadi
  • 3 mahal bepul issiq ovqat va kofe-breyk
  • Madaniy dasturlarda ishtirok etish imkoniyati

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 11-sinf oʻquvchilari, 11-sinf oʻquvchilari va maktab, litsey va texnikum bitiruvchilari ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlarning fizika va matematikaga qizishi yuqori boʻlishi lozim.
  • Ushbu yozgi maktab oliy taʼlimda muhandislik va texnologiya yo‘nalishlarida tahsil olishni xohlovchilar uchun moʻljallangan.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 31-maygacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin. Arizani toʻldirishda soʻralgan maʼlumotlar kiritilishi/yozilishi va soʻralgan hujjatlar ilova qilinishi kerak.

Qabul qilingan ishtirokchilarga telefon orqali 2026-yil 5-iyun kuni qabul qilinganlik haqida xabar beriladi.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

+998 93 311 88 50
+998 87 787 96 01
+998 87 888 95 23
+998 90 329 18 22

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!