×

AQSh: bakalavr uchun 6800 AQSh dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

16.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3880 marta

AQShing Luiziana shtatida joylashgan University of Louisiana Lafayette universiteti bakalavr kurslari uchun ajratilgan Fleur-de-Lis xalqaro stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Stipendiyalar iqtidorli va a’lochi xalqaro talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Luiziana Lafayette universitetida deyarli barcha yo’nalishlarda bakalavr kurslari mavjud, ular bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Fleur-de-Lis stipendiya dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga 8 semestr davomida har semestr taxminan 6864 AQSh dollari miqdoridagi mablag’ beriladi. Bakalavr kurslari kontrakt to’lovlari haqida bu yerda, barcha xarajatlar haqida esa bu yerda ma’lumot olish mumkin.

Talablar:

Fleur-de-Lis stipendiyasi quyidagi talabalarga eng mos talabalarga beriladi:

  1. Nomzod Luiziana Lafayette universitetiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi shart.
  2. Nomzod AQSh yuqori maktab darajasiga mos ta’lim bosqichini tugatgan bo’lishi zarur (kollej/litsey).
  3. Nomzodning bahosi 4 ballik GPA tizimida kamida 3 bo’lishi shart.
  4. Nomzod ACT’dan kamida 25 yoki SAT’dan kamida 1200 ball to’plagan bo’lishi kerak.

Lousiana Lafayette bakalavr kursiga qabul uchun talablar:

  1. Nomzod 4 ballik GPA tizimida kamida 2.5 ball olgan bo’lishi shart (lekin grant yutib olish uchun 3 ball talab etilishini yodda tuting).
  2. Nomzod bu yerdagi fanlarni maktab. Kollej yoki litseyda o’qigan bo’lishi zarur (ularning hammasi O’zbekistonda odatda o’qitiladi).
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va TOEFL IBT’dan kamida 70 ball, TOEFL PBT’dan kamida 525 ball yoki IELTS’dan kamida 6 ball to’plagan bo’lishi shart.

Nomzod Luizianada bir yil yashash va o’qishga yetarli mablag’i borligini ko’rsatuvchi hujjat va shu kungacha o’qigan va ishlagan joylarining xronologik ro’yxatini taqdim eta olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Eslatib o’tamiz, grantga hujjat topshirishdan oldin unversitetdagi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish shart. Buning uchun kursga onlayn ariza berish kerak. Undan keyin esa grantga ariza berish zarur. Grant uchun arizani intladmissions@louisiana.edu elektron manziliga yo’llashni, va unga SAT yoki ACT natijalarini ilova qilishni unutmang.

Batafsil ma’lumot uchun savol-javoblar va rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz yoki Universitet bilan bog’lanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!