×

FLTA dasturi: AQShda oʻzbek tilidan dars bering! Xarajatlar to`liq qoplanadigan va stipendiya beriladigan 9 oylik dastur!!


Grant

MUHLAT

15.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

6086 marta

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻqituvchi va jurnalistlarni Fulbright Foreign Language Teaching Assistant (FLTA) program dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 9 oy davomida oʻqituvchi va oʻqituvchi yordamchisi (assistent) boʻlib ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar AQSh ta’lim muassalarida Oʻzbek tilidan dars berishlari kutilmoqda.

Dastur 2020-yilning avgust oyidan 2021-yilning may oyigacha 9 oy davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tili va boshqa fan oʻqituvchilari, jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtib, dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning 2020-yilning avgust oyidan 2021-yilning may oyigacha 9 oy davomida yashash, transport, sugʻurta, oʻqish (talab qilingan kurs doirasida) xarajatlari toʻliq qoplanadi hamda stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi lozim.
  • Nomzod 7 yildan oshmagan ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tili yoki shunga yaqin fan oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Jurnalist, OAV vakillari va ingliz adabiyoti, tarixi fanlari oʻqituvchilari ham ariza bera oladi.
  • Nomzod 2020-yil 1-iyunda kamida bakalavr darajasi gasi boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun TOEFL IBT kamida 80 ball boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod saralash jarayoni tugaguncha oʻz vatanida yashashi lozim.
  • Avval xorijda boʻlmagan nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Dastur nomzodning oila a’zolari xarajatlarini qoplamaydi, shuning uchun xomilador ayollar bu dasturga ariza bera olmaydi.
  • AQShda Green Card boʻyicha yashayotgan yoki vaqtincha va/yoki doimiy istiqomat qilayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  • Nomzod J-1 viza boʻyicha AQShda 2 yilgacha yashash talablarini bajarishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 15-iyulgacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi (agar oʻqis tugagan boʻlsa). Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • 3 ta tavsiyanoma.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Agar oʻqishni 2020-yil bitiradigan boʻlsangiz, hozirgi reyting daftarchasidan koʻchirma topshirasiz.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Arizada koʻrsatilgan hamma savolarga birovning yordamisiz, holis, toʻgʻri va maksimal darajada toʻliq javob bering. Dastur yuzasidan toʻliq ma’lumotni savol-javoblar sahifasi yoki tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Savollar tugʻilganda Tashkent-ELP@state.gov elektron manziliga “FLTA” sarlavhasi bilan joʻnatish kerak. Sizga tez orada javob berishadi.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar 2020-yil mart oyidan my oyi oxirigacha xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: Tashkent-ELP@state.gov

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!