×

Fulbright FLTA : AQShda 9 oy davomida o’zbek tilini o’qitish uchun to’liq grant – barcha xarajatlar qoplanadi va stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

26.07.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

26201 marta

AQSh hukumati tomonidan tashkil etilgan Fulbright Foreign Language Teaching Assistant (FLTA) program grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Fulbright FLTA dasturi ishtirokchilarga AQSh ta’lim muassasalarida bir oʻquv yili davomida faoliyat olib borib, o’zbek tilidan dars berish orqali o’z o’qitish mahoratlari va ingliz tilidan bilimlarini oshirish imkonini beradi.

Dasturga asosan ingliz tili o’qituvchilari qabul qilinadi, ammo amerikashunoslik, jurnalistika va media,  amerika yoki ingliz adabiyotidan dars beradigan o’qituvchilar, shuningdek, oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻqitadigan oʻqituvchilar ham qabul qilinishi mumkin.  Dastur 2022-yil avgust oyidan 23-yil may oyigacha davom etadi.

Dastur ishtirokchilari AQSHdagi ta’lim muassasasiga joylashgach, o’zbek tili o’qituvchisiga o’qitish jarayonida yordamlashadilar va turli madaniy tadbirlar va til klublari mashg’ulotlarida ishtirok etadilar. O’zbek tilini o’qitish soatlari haftasiga 20 satdan oshmaydi. Undan tashqari, ishtirokchilarning o’zlari ham har semestrda kamida 2 ta o’quv kursiga ro’yxatdan o’tishlari kerak bo’ladi, ulardan biri AQSh madaniyati, tarixi, adabiyoti yoki shu kabi yo’nalishda bo’lishi zarur.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tili o'qituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Oylik stipendiya.
  • Baxtsiz hodisa va kasalliklarga qarshi sugʻurta.
  • Borish va kerish uchun mablagʻ.
  • Mezbon OTMlardagi kurslarning kontrakt summasidan ozod qilinadi.

Talablar:

Dasturga qabul qilingan o’qituvchilar bir vaqtning o’zida ham o’zbek tilini o’rgatuvchi o’qituvchi, ham AQSh madaniyati va ingliz tilini yanada chuqurroq o’rganuvchi o’quvchi hisoblanishadi. Shuning uchun Fulbright FLTA dasturiga ishonchli, professional, faol, shijoatli va mustaqil shaxslar saralab olinadi. Dastur davomida ishtirokchilar universitet yotoqxonasida AQShlik hamrohlar bilan birga yashashga, AQSh madaniyatiga va o’ziga xosliklariga professionallik va ochiqlik bilan yondashishga va universitet xodimlari bilan do’stona munosabatda bo’lishga tayyor bo’lishlari kerak.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi lozim.
  • Nomzod 7 yildan oshmagan ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tili yoki shunga yaqin fan oʻqituvchisi boʻlishi zarur. Shunga yaqin fan oʻqituvchisi deganda quyidagilar nazarda tutilgan: amerikashunoslik, jurnalistika va media,  amerika yoki ingliz adabiyotidan dars beradigan o’qituvchilar, shuningdek, oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻqitadigan oʻqituvchilar
  • Nomzod 2022-yil 1-iyunda kamida bakalavr darajasi egasi boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Ariza topshirish vaqtida ingliz tili sertifikatiga ega boʻlish shart emas (boʻlsa, topshiriladi). Dastlabki saralashdan oʻtganlar uchun keyinchalik TOEFL testi tashkillashtiriladi. Bunda kamida TOEFL iBT 80 ball toʻplash lozim.
  • Nomzod saralash jarayoni tugaguncha oʻz vatanida yashashi lozim.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Dastur nomzodning oila a’zolari xarajatlarini qoplamaydi, shuning uchun xomilador ayollar bu dasturga ariza bera olmaydi.
  • Ilgari «Green Card» yutgan yoki ARIZA TOPSHIRGAN (g’olib bo’lmagan bo’lsa ham) nomzodlarning arizalari ko’rib chiqilmaydi.
  • Nomzod J-1 viza boʻyicha vatanida 2 yilgacha yashash talablarini bajarishi kerak (ya’ni, dastur tugagandan keyin O’zbekistonga qaytib, yana AQShga ishlash yoki yashash uchun kelishdan avval O’zbekistonda kamida 2 yil yashashlari kerak bo’ladi).
  • AQSHda umuman boʻlmagan yoki qisqa muddat boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  • Ishtirokchilar dastur davomida oila aʼzolarini olib keta olmaydi. Oila aʼzolari faqat taʼtil vaqtida ishtirokchini koʻrgani AQSHGa borishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2020-yil 26-iyulicha qabul qilinadi. Arizalar bu yerda topshiriladi (ariza topshirish uchun dastlab akkaunt yaratish kerak).

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi (agar oʻqish tugagan boʻlsa). Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • Tavsiyanomalar.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati (agar boʻlsa).
  • Agar oʻqishni 2022-yil bitiradigan boʻlsangiz, hozirgi reyting daftarchasidan koʻchirma topshirasiz.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Arizada koʻrsatilgan hamma savollarga birovning yordamisiz, xolis, toʻgʻri va iloji boricha toʻliq javob bering.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin savol-javoblar sahifasi va dasturning rasmiy eʼloni bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollaringiz bo’lsa, Tashkent-ELP@state.gov elektron manziliga “FLTA” sarlavhasi bilan xabar joʻnating. Sizga tez orada javob berishadi.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar 2022-yil iyun oyida eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun: Tashkent-ELP@state.gov

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!