×

Forbes jurnali va Coca-Cola kompaniyasi ijrochi direktorlari kabi mashhur rahbarlar bilan ko’rishishni istaysizmi? Unda virtual konferensiyada ishtirok etib, yetakchi rahbar va yoshlar bilan tanishing!


Grant

MUHLAT

31.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1922 marta

2020-yilning 12-24 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan 2020 International Conference xalqaro virtual konferensiyasi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu konferensiyada dunyoning turli mamlakatlaridan bo’lgan bakalavr kursi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyada talabalar dunyoning yuqori darajadagi rahbar va yetakchilari bilan ko’rishishlari mumkin bo’ladi. Konferensiyada ilgari ma’ruza qilganlar orasida Stiv Forbes (Forbes jurnali bosh ijrochi direktori), Muhtar Kent (Coca-Colaning sobiq ijrochi direktori) va Uendi Kopp (Teach for All ijrochi direktor va asoschisi) kabi mashhur biznes yetakchilari ham bor. Konferensiyani tashkil etishdan asosiy maqsad – bugunning yetakchilarini talabalar, ya’ni ertangi kun yetakchilari bilan uchrashtirish. Konferensiyaning bu yilgi mavzusi: “The Decisive Decade”. Konferensiyada talabalar ma’ruzalar, interaktiv topshiriq va mashg’ulotlar orqali 2020-yil boshlab bergan yangi o’n yillikning asosiy muammo va masalalariga yechimlar izlashadi va bir-birlarining fikrlari bilan tanishish imkoniga ega bo’lishadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu konferensiyada talabalar jahonning eng yetakchi rahbarlari bilan onlayn tarzda ko’rishish va eng iqtidorli, yetakchi talabalar bilan tanishish imkoniga ega bo’ladilar.

Talablar:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzod bakalavr kursi talabasi bo’lishi va ingliz tilini yaxshi bilishi kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 31-avgustga qadar qabul qilinadi. Arizalarni bu yerda topshirishingiz mumkin. Agar konferensiyani targ’ib qilishda ko’maklashish va “student ambassador”ga aylanishni xohlasangiz, bu yerga bosing. Konferensiya haqida savollaringiz bo’lsa, ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun info@ic20.org elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!